Murojaat qilish – fuqarolarning muhim siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Murojaatlar orqali xalqimizning kayfiyati, shart-sharoiti, olib borilayotgan islohotlarga munosabatini bilish mumkin.

Murojaatlarga munosabat tubdan o‘zgargani sabab xalqimiz davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar va jamiyat oldida mas’ul ekanligini, xalq manfaati ustuvorligini o‘z hayotlarida yaqqol his qila boshladi.

Darhaqiqat, har bir murojaat ortida inson taqdiri bor. Inson taqdiriga befarq qarashga esa hech kimning haqqi yo‘q. Zero, jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bog‘liq. O‘z navbatida, har bir davlat organlarining, korxona-tashkilotlarning vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda ijro intizomi muhim o‘rin tutadi.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi, xo‘sh, bugungi kunda Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalaridagi vujudga kelayotgan muammolar murojaatlar kesimida qanday o‘rganilmoqda?

Ta’kidlash kerakki, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan samarali ishlash borasida zaruriy chora-tadbirlar belgilab olingan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda ham ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya etilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1 ming 425 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 2021 yilga nisbatan og‘zaki va yozma murojaatlar soni, ularni qanoatlantirish darajasi 45 foizga ko‘paygan. Elektron murojaatlar soni ham o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida bo‘lgani kabi, kadastr tizimida ham aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. 

Nodir SIDDIQOV,

Davlat Kadastrlari palatasi

Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson taqdiriga befarq qarashga hech kimning haqqi yo‘q!