Namanganda viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Prezidentimizning 2020 yil 25 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2020 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritildi.  

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Uchqun Murodovning qayd etishicha, Namangan viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning shahar, tuman hududiy bo‘limlarida bugungi kunda 317 nafar vrach, 590 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Radiologiya, virusologiya, bakteriologiya, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, parazitologiya, sanitariya-gigiyena laboratoriyalari ishlab turibdi. Uch millionlik marrani ortda qoldirgan viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik xotirjamligi va radiatsion xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur nazorat tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.  

Yuqumli va parazitlar kasalliklari profilaktikasi, ularning oldini olish va tarqalishiga qarshi kurash tadbirlari natijasida viloyat aholisi o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, jumladan, kuydirgi, o‘lat, vabo, turli xil gemorragik isitmalar, quturish va boshqa bir qator xastaliklarga to‘la barham berilgan. Shuningdek, 13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi aholini emlash 97 foizga qadar qamrab olingan. Barcha hududiy bo‘limlar va emlash punktlarini zamonaviy muzlatgich va sovutgichlar bilan to‘liq ta’minlash, vaksinator xodimlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Viloyat boshqarmasi hamda uning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi laboratoriyalari kompleksi xalqaro standartlar talablari asosida akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Uychi va Pop tumanlari laboratoriyalari kompleksida ham akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun tayyorgarlik tadbirlari davom etmoqda. Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Dilmurod Ergashevning qayd etishicha, o‘tgan 2023 yil davomida viloyat bo‘yicha ovqatdan zaharlanish hodisasi ro‘yxatga olinmagan. Hisobot davrida, 1506 ta davolash-profilaktika muassasasi, maktab va bog‘cha, 113 ta tadbirkorlik ob’ektida o‘tkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan 1174 ta qoidabuzilish yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan jami 2 milliard 800 million so‘mdan ziyod jarima qo‘llanilgan.  

Matbuot anjumanida viloyatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligini ta’minlash borasida tizim xodimlari hamda jurnalistlar o‘rtasida uzviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson salomatligini saqlash sharafli ishdir