Inson salomatligi yölidagi muhim qadamlar
Sönggi yillarda Toşkent viloyatida aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va zamonaviy davolaş usullarini amaliyotga joriy etiş borasida qator özgarişlar amalga oşirilib, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda
Jumladan, 2017-yilda viloyatda 238 ta tibbiyot muassasasi faoliyat yuritgan bölsa, hozir ularning soni 264 taga yetdi. Şifokorlar soni 4 ming 320 nafardan 5 ming 130 nafarga köpaydi. Tibbiyot sohasi uçun malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida Toşkent davlat tibbiyot universitetining Çirçiq filiali faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa hududda soha mutaxassislariga bölgan ehtiyojni qondiriş, yoş kadrlarning bilim va könikmalarini oşirişga xizmat qiladi.

Öz navbatida tibbiy xizmat sifati, avvalo, zarur taşxis qöyiş imkoniyatlari va zamonaviy uskunalar bilan taʼminlanganlikka boğliq. 2017-yilda magnit-rezonans tomografiya tekşiruvi faqat Zangiota va Olmaliq tumanlarida mavjud bölgan bölsa, hozirda bunday imkoniyatlar viloyatning 15 ta tuman va şahrida yölga qöyilgan. Soğliqni saqlaş sohasiga ajratilayotgan mablağlar hajmi ham sezilarli darajada oşdi. Keyingi uç yilda sohaga yönaltirilayotgan mablağlar 5 barobar köpayib, 3 trillion sömga yetdi. Tibbiyot xodimlari iş haqi ham şu davrda 5 barobar oşirildi.
Tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlaş borasida ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, ötgan davrda “Ishonch-2030” dasturi doirasida 108 milliard sömlik tibbiy uskunalar xarid qilindi. Koreya tomoni granti asosida esa 71 milliard sömlik 35 turdagi 832 ta tibbiy jihoz yetkazib berildi. Şuningdek, 18 milliard söm mablağ evaziga tört qavatli viloyat qon quyiş markazi taşkil etildi. Teri saratonini erta aniqlaşga möljallangan sunʼiy intellekt tizimini joriy etiş uçun 1,3 milliard söm yönaltirildi.

Sohada raqamli texnologiyalardan foydalaniş kölami ham kengaygani sari viloyatdagi 264 ta tibbiyot muassasasi DMED tizimiga ulandi. Şu bilan birga, 930 ta dorixona bilan integratsiya yölga qöyilib, “Elektron retsept” va “Reimbursatsiya” tizimlari joriy etilgan. Tez tibbiy yordam xizmatini takomillaştiriş maqsadida 65 milliard söm mablağ sarflanib, çaqiruvlarni qabul qiliş markazi taşkil etildi. Xizmat avtoparki tez tibbiy yordam avtomobili bilan taʼminlandi. Ularning 20 tasi xorijdan keltirilgan.

— Tibbiyotdagi bu kabi özgarişlar nafaqat muassasalar soni va jihozlar bilan, balki murakkab jarrohlik amaliyotlarini mahalliy şaroitda bajariş imkoniyatlari ortib borayotgani bilan ham ahamiyatlidir, — deydi Toşkent viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Feruza Rahmatullayeva. — Viloyat şifokorlarining kasbiy salohiyatini oşiriş maqsadida 79 nafardan ortiq mutaxassis Rossiya, Xitoy, Koreya va Turkiyada malaka oşirdi. Şuningdek, çekka hududlarda aholiga tibbiy xizmat körsatiş uçun 31 nafar şifokor faoliyat olib bormoqda. Bundan taşqari, Angren va Çirçiq şaharlarida buyrak köçirib ötkaziş böyiça operatsiyalar amalga oşirildi. Yuqori Çirçiq tumanida esa 105 ta artroskopik va torakoskopik operatsiya ötkazildi.
Çirçiq şahrida tuğilganidan töqqiz soat ötib qöşaloq egizaklarni ajratiş operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Bekobod şahrida 2 ta aortokoronar şuntlaş va bolalarda 5 ta oçiq yurak operatsiyasi bajarildi. Umuman olganda, şu paytgaça viloyat böyiça 748 ta yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti ötkazilgan bölib, ularning 511 tasi bolalar hissasiga töğri keladi. Bu umumiy körsatkiçning 68 foizini taşkil etadi.
Şu bilan birga, ehtiyojmand fuqarolarga yordam körsatiş maqsadida mahalliy byudjet mablağlari hisobidan 1,6 milliard söm ajratilib, 60 nafar bemorga endoprotez örnatiş amaliyoti bajarildi.

Viloyatda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati ham kengayib bormoqda. Ayni paytda hududda 1 ming 15 ta xususiy tibbiyot muassasasi işlamoqda. Ular bir yilda 640 ming nafardan ortiq aholiga xizmat körsatadi. Sönggi davrda 7 ta klinikaga 3,5 million dollar investitsiya kiritildi. Xorijda faoliyat yuritgan 18 nafar malakali şifokorning yurtimizga qaytib, sohaga hissa qöşayotgani ham eʼtiborga molik. Joriy yilning töqqiz oyida viloyat tibbiyot muassasalarida 12 ming nafar xorijiy fuqaroga xizmat körsatildi.

Viloyat tibbiyotining kelgusi taraqqiyotida yirik infratuzilma loyihalari ham muhim örin tutadi. Jumladan, Prezidentimizning bu yil iyul oyida Nurafşon şahriga taşrifi davomida 700 örinli köp tarmoqli tibbiyot markazi qurilişiga tamal toşi qöyildi. Mazkur markazning barpo etilişi hududda ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar imkoniyatlarini kengaytiriş, murakkab kasalliklarni taşxislaş va davolaş uçun yangi şaroitlar yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Aslida tibbiyot tizimidagi islohotlarning asosiy mezoni aholiga körsatilayotgan xizmat sifati va inson salomatligini asraşdir. Şu maʼnoda, viloyatda tibbiy infratuzilmani rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, malakali kadrlar salohiyatini oşirişga qaratilgan bunday işlar izçil davom ettirilmoqda.
A.Musayev,ÖzA