Andijon davlat universitetida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tomonidan boshqarma va tashkilotlarda inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi rahbarlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.
Uch kunlik o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, HRM.ARGOS.UZ tizimi bilan ishlash, jamoa shartnomasi va boshqa qator ish jarayoniga daxldor mavzularda ma’lumotlar berildi.
O‘quv-seminarda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari xodimlari ham ishtirok etdi. Yakunda ishtirokchilar test sinovlaridan o‘tkazilib, sertifikatlar taqdim etildi.
[gallery-12411]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA