Farg‘onada inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun maxsus psixologik trening o‘tkazildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali hamda “FERGANA GRAND MEDICAL SERVICE” neyropsixologik markazi  hamkorligida tashkil etilgan trening maqsadi tashkilotlardagi jamoa o‘rtasida samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, samarali ishchanlik muhitiga salbiy ta’sir etuvchi nizolarning oldini olish borasida mas’ul xodimlarning ko‘nikmalarini  oshirishdan iboratdir.

Trening davomida amaliy mashqlar natijalariga ko‘ra ishtirokchilarning ruhiy holat ko‘rsatkichlari umumiy tahlil qilindi. Turli kishilar bilan muloqotda salbiy ta’sirlarga berilmaslik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish, stress holatining kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish choralari haqida psixologik maslahatlar berildi.

[gallery-15781]

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha mas’ul xodimlarning psixologik ko‘nikmasi oshirildi