Inson qadri va huquqlarini himoya qilişning muhim şarti
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, ularning jamiyatdagi örni va faolligini oşiriş, tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquqiy himoyasini kuçaytiriş va jamiyatda gender tenglikni taʼminlaş borasida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, oilada va jamiyatda ayolga nisbatan hurmat, eʼtibor va masʼuliyat muhitini şakllantiriş, zöravonlikning har qanday körinişiga murosasiz munosabatni qaror toptiriş bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Buxoro şahridagi Nodavlat notijorat taşkilotlari va Döstlik uyida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamityai institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondining Buxoro bölinmasi, Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda hamkor taşkilotlar taşabbusi bilan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikning sabablari, oqibatlari va uning oldini oliş çora-tadbirlari” mavzusida tarğibot tadbiri ötkazildi.
25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni munosabati bilan taşkil etilgan uçraşuv “UNITE — Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş uçun birlaşing: adolatni taʼminlang, jabrlanganlarni himoya qiling, jazosizlikka çek qöying” şiori ostidagi xalqaro kampaniya doirasida bölib ötdi.
Unda Xalq deputatlar mahalliy Kengaşlarning deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mahalla fuqarolar yiğinlari faollari hamda hamkor taşkilotlar masʼullari iştirok etişdi.
[gallery-32603]
Muloqot davomida xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikning kelib çiqiş sabablari, uning jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boşqa körinişlari, jabrlanuvçilar hayoti va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, mamlakatimizda uşbu yönalişdagi mavjud statistik maʼlumotlar, huquqiy asoslar, zöravonlikning oldini oliş va jabrlanganlarni himoya qiliş mexanizmlari xususida tuşunçalar berildi.
Tadbirda “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida” gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi qonunlarning mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Uşbu hujjatlarda belgilangan huquqiy kafolatlar, himoya orderi beriş tartibi, vakolatli taşkilotlarning vazifalari va jabrlanganlarga kömak körsatiş çoralari iştirokçilarga tuşuntirildi.
Uçraşuvda sözga çiqqanlar mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.Taʼkidlanganidek, xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlar yoki tegişli idoralarning vazifasi emas. Bu — oila, mahalla, taʼlim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari va butun jamiyatning umumiy masʼuliyati. Muammoning oldini olişda huquqiy savodxonlikni oşiriş, zöravonlik holatlarini yaşirmaslik, jabrlanganlarga öz vaqtida yordam körsatiş va bunday xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş muhim ahamiyatga ega.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri