Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79-yilligi Samarqand viloyatida ham keng nishonlanmoqda.

Bugun tongda Samarqand shahridagi Xotira maydonida viloyat rahbariyati va faollar, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, nuroniylar va yoshlar vakillari jam bo‘ldi. Ular maydondagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Viloyat hokimi E.Turdimov faxriylar, faollar bilan suhbatlashib, ularni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi. Davlatimiz rahbarining xalqimizga yo‘llagan tabrigida qayd etilganidek, hozirgi g‘oyat murakkab va tahlikali zamonda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli ta’sirlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni asrashda qahramon faxriylarimizning jasorati, shonli an’analari biz uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

– Mash’um urush tugaganiga 79-yil to‘lgan bo‘lsa-da, xalqimiz qalbida qoldirgan jarohatlari hali bitgan emas, – deydi mehnat faxriysi Abdushukr Muhammadqulov. – O‘sha davrda har bir xonadon, har bir oilada urush o‘z izini qoldirib, kimlarnidir ota-onasidan, kimlarnidir farzandidan, yana ko‘plab ayollarni turmush o‘rtog‘i va sevgan yoridan ayirdi. Minglab insonlarga frontdan oilasi bag‘riga qaytib kelish nasib etmadi. Ular siz-u bizning bobolarimiz, momolarimiz, yaqinlarimizdir. Hamon ularni shirin xotiralar bilan eslash barobarida urushni la’natlaymiz, dunyoga tinchlik tilaymiz. Xotira va qadrlash kunining mohiyati, qadr-qimmati shunda.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori hamda farmoniga ko‘ra, bu yil bayram munosabati bilan urush va mehnat fronti faxriylari, keksa avlod vakillarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim muassasalari, mahallalarda keksa avlod vakillari bilan uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.  

[gallery-17347]

Bayram arafasida viloyatda istiqomat qilayotgan besh nafar urush qatnashchisiga Prezidentimiz tabrigi va 20 million so‘mdan pul mukofoti, esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, mahalliy hokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan faxriylarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri – ulug‘, xotirasi – muqaddas