Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosini davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Inson qadri uchun» degan tamoyil tashkil etmoqda. Buning uchun avvalo aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yib, muammolar, kamchiliklarni bartaraf etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq-manfaatlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bosh maqsadga aylandi.

Shu ma’noda 2017 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barcha hududlardagi Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, o‘sha yilning o‘zida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini oshirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvi oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash yo‘lida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (Biznes-ombudsman) joriy etildi.

Islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida sohalarni liberallashtirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilindi.

Natijada «Harakatlar strategiyasi» asosida davlat va jamiyatda sodir bo‘lgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha sohada jadal sur’atlarda yuksaldi va bu dunyo hamjamiyatining ham e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan birga, aholining zaif qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

Jumladan, 2020 yilning 1 dekabridan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» yirik axborot tizimi yo‘lga qo‘yildi. Asosiy maqsad bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash, ularni to‘lashning soddalashtirilgan mexanizmini tatbiq etishdir. 

2022 yilda esa Harakatlar strategiyasining uzviy davomi o‘laroq, O‘zbekistonning kelajagi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan eng muhim hujjat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. 

«Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlari ta’minlanishi, faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. 

2023 yil 30 aprelda mamlakatimizda o‘tkazilgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqea, ya’ni referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganini ham alohida e’tirof etishimiz lozim. U Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi. 

Inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda odil sudlovning o‘rni ham yuksak sanaladi. Aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida islohotlar orqali tergov ustidan sud nazorati yanada kuchaytirildi. Endilikda, shaxsni sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turish mumkin emasligi, insonlarning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq barcha harakatlarga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi mustahkamlandi.

Shu o‘rinda Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat deya belgilanganini tahlil qilib o‘tishni joiz bildik. Unda mamlakatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlariga taalluqli normalar 3 barobar ko‘paydi. Xususan, yolg‘iz keksalar va mehnatga layoqatsiz, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Sohadagi mavjud muammolarni adolatli hal etishning yangi va o‘ziga xos tizimi yaratilib, «temir daftar», «ayollar daftari», «yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash usullari joriy etilgani bugun ijtimoiy masalalarni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.

Yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlar mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishni talab etdi. 

2023 yilda esa Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiya Birlashgan Millatlar tashkilotining «Barqaror rivojlanish maqsadlari»ga uyg‘un holda tuzildi.

«O‘zbekiston – 2030» – mamlakatimizda mustaqillikning o‘tgan 32 yili davomida birinchi marotaba bunday uzoq muddatga, ya’ni 7 yilga mo‘ljallangan keng qamrovli taraqqiyot strategiyasidir. Hujjatda barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi g‘oyalar aks ettirildi.

Aytish lozimki, islohotlar bosqichida fuqarolarning murojaatlarini joyida hal qilish va mahallaning ichki resurslarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlar hamda yordam ko‘rsatish uchun safarbar etish maqsadida «mahalla yettiligi» tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

Bu esa fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlashning noyob tizimi bo‘ldi. Bugunga kelib, «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar – kelajagimiz», «Besh tashabbus» kabi 20 dan ortiq ijtimoiy dasturlar va konsepsiyalar amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining dastlabki maqsadi hisoblangan ta’lim sohasidagi islohotlarga to‘xtalishimiz muhim. Bolalarni maktabgacha ta’lim qamrovi 2024 yilga kelib 74 foizni tashkil etdi. Bunda sohaga nodavlat sektorning jalb qilinishi va yangi davlat-xususiy sheriklik tizimi joriy etilganini e’tirof etishimiz lozim. Mamlakatda iste’dodli bolalarni tanlash, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, qobiliyatini o‘stirish, intellektual salohiyatini namoyon etishga ko‘mak berish maqsadida Prezident maktablari, ijod maktabi, ixtisoslashtirilgan maktablar va «Temurbeklar maktabi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda esa buning natijalari yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda.

Yana bir jihat, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgach, O‘zbekiston jahon indekslarida sezilarli darajada yuqori pog‘onalarni zabt etishni boshladi. Xususan, Jahon banki e’lon qilgan «Ayollar, biznes va qonun 2024» indeksida 5 ta eng ilg‘or o‘zgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatorida yurtimiz ham qayd etilgani muhim hodisadir. «Ayollar, biznes va qonun» deb nomlangan ushbu yillik hisobotda dunyoning 190 ta davlatidagi holat 10 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholab boriladi. Yangi indeksda mamlakatimizda mehnat munosabatlari va oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan islohotlar muvaffaqiyatli deb topilgan. 

 «Mehnatga haq to‘lash» va «nikoh» doirasidagi o‘zgarishlar mamlakat reytingining 11,9 punktga ko‘tarilishiga olib keldi va endilikda yurtimiz «Ayollar, biznes va huquq» indeksida 100 balldan 82,5 ballni egalladi. 

Shu bilan birga, 2023 yil aprel oyida Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga oiladagi zo‘ravonlikka, xususan, oilaviy munosabatlardagi jismoniy, ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi. Ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ham jamiyatda nozik xilqat vakillarining himoyasi muhim hujjatlari bilan ta’minlanganidan dalolatdir. 

Xulosa qiladigan bo‘lsak, mustaqillik va islohotlar solnomasida har bir yil yurtimiz ahli uchun katta ahamiyat kasb etib, hayotning turli jabhalarini yaxshilash imkoni berilmoqda. Bu o‘zgarishlar esa ijtimoiy adolatni ta’minlash, shaxs va jamiyat rivoji uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. 

Eldor TULYAKOV,

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri uchun tamoyili islohotlarning asosiy mezoni