Bugungi kunda yurtimizda biz adolat va demokratiya tamoyillarga asoslangan Yangi O‘zbekiston davlatini, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etmoqdamiz. Shu maqsadda davlat va jamiyatimizning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bu jarayonda inson qadri va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar jadal amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning yurtimiz va jahon minbarlarida bildirib kelayotgan fikrlarini tahlil qilish islohotlar yo‘nalishi, uning kelajagiga ob’ektiv baho berish uchun muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar va tashabbuslar mazmun-mohiyatini o‘rganish hamda keng jamoatchilikka yetkazish katta ahamiyatga ega.

Ma’lumki, joriy yilning 19 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining umumsiyosiy debatlarida nutq so‘zlagan yurtimiz yetakchisi O‘zbekistondagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida ham fikrlarini bayon qilib o‘tdi. Xususan, mamlakatimiz “Inson qadri va manfaatlari uchun” degan ezgu g‘oya asosida demokratiya va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tub islohotlar yo‘lidan dadil ilgari borayotgani ta’kidlandi. 

Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, joriy yil aprel oyida milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekistonda umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz berganlarning 90 foizdan ziyodi ushbu chinakam xalq Konstitutsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa islohotlarimizning ortga qaytmaydigan muqarrar tus olishi ta’minlandi. Biz Asosiy qonunimizda millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik. Mana shunday huquqiy asosda "O‘zbekiston-2030" taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiya Birlashgan Millatlar tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga uyg‘un hisoblanadi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, islohotlar natijasida yurtimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish, yosh avlodni namunali tarzda voyaga yetkazish kabi vazifalar uddalanmoqda. Raqamlar va natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak: 

  • so‘nggi olti yilda yalpi ichki mahsulotimiz hajmi bir yarim barobardan ziyod o‘sdi;
  • 2017 yildan buyon kambag‘allik ikki barobarga kamaydi;
  • o‘tgan olti yilda maktabgacha ta’limda qamrov21 foizdan 70 foizga, oliy ta’limda 9 foizdan 38 foizga yetdi;
  • mamlakatimizda majburiy va bolalar mehnatiga to‘liq barham berildi;
  • gender tenglikka erishish borasida o‘tgan yili oliygohlarga qabul qilingan talabalarning 49 foizini qizlar tashkil etdi, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga yetdi.

Albatta, bu raqamlar va natijalar ortida tinimsiz, tizimli mehnat yotibdi. Keyingi maqsad va vazifalar ham o‘z miqyosi bilan ajralib turadi. Jumladan, bosh maqsad – 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini yana 2 barobarga oshirishdir. 2030 yilgacha kambag‘allikni 7 foizga tushirish reja qilingan. O‘z navbatida 2030 yilga qadar har bir bolaning bog‘chaga qatnashi, maktabni bitirayotgan har ikki o‘quvchining biri esa oliygohda o‘qishi uchun imkoniyat yaratiladi. 2030 yilga qadar daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish asosiy maqsad qilib olinmoqda. Bunda kelgusi yetti yillikda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, eksport hajmini 2 barobar oshirish va eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish, eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 barobar ko‘paytirish, Yevropa davlatlariga GSP+ va boshqa tizimlar doirasida tayyor va texnologik mahsulotlar eksportini kengaytirishdek muhim vazifalar qo‘yilgan. Kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishi ta’minlanadi.

Shuni aytish joizki, bugun mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni — adolatlilik, inson huquq va manfaatlari ustunligini ta’minlashdir. O‘z navbatida, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash asosiy maqsaddir.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Yangi O‘zbekistonning bunyod etilishi butun dunyoda qarama-qarshiliklar, geopolitik kurashlar keskinlashgan, xalqaro munosabatlar tizimida fundamental o‘zgarishlar yuz berayotgan bir sharoitda amalga oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizdagi o‘zgarishlarning qadrini yanada oshiradi.

Bu jihatdan nutqda xalqaro siyosatdagi so‘nggi o‘zgarishlarga davlatimiz rahbari tomonidan berib o‘tilgan baho ahamiyatlidir. Jumladan, yetakchimiz xalqaro munosabatlar tizimida jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilayotgani, buning oqibatida global xavfsizlik institutlari faoliyatidagi muammolar, xalqaro huquq me’yorlaridan chekinish kuchayishi keng ko‘lamli keskinlik ortishiga sabab bo‘layotganiga e’tibor qaratdi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimiz yetakchisi tomonidan global va mintaqaviy muammolarga javob sifatida ilgari surilgan tashabbuslar bu borada alohida ta’kidga loyiq. Jumladan, umumiy xavfsizlik va taraqqiyotga qaratilgan “Samarqand birdamlik tashabbusi”, suvdan ratsional foydalanish bo‘yicha tashabbuslar, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, barqarorlik, o‘zaro hamkorlik va rivojlanishga doir tashabbuslar, iqlim o‘zgarishiga oid tashabbuslar alohida qiymatga ega.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bunda asosiy maqsadimiz mamlakatlarimiz va xalqlarimizning bugungi kuni va istiqboli uchun mas’uliyatni har tomonlama chuqur anglash, ochiq va konstruktiv hamkorlikka tayyor barcha tomonlarni global muloqotga jalb qilishdan iboratdir. 

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi tarixiy nutqi, ma’ruzada ifodalangan tashabbuslar, ilgari surilgan g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda adolat va demokratiya tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi tarixiy tub burilish pallasida yurtimizda davlat siyosati inson qadri, manfaatlari uchun amalga oshirilayotganining yana bir namoyishi bo‘ldi.

Nilufar Doniyorxojayeva, 

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Qonun ustuvorligini ta’minlash va 

sud-huquq tizimini yanada isloh qilish bo‘limi boshlig‘i

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson qadri, manfaatlari, demokratiya va adolat tamoyillari O‘zbekiston uchun doimo ustuvor