Inson kapitalining milliy taraqqiyotdagi o‘rni(+video)
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda mamlakatning haqiqiy boyligi tabiiy resurslar yoki oltin zaxiralari bilan emas, balki uning inson kapitali bilan o‘lchanadi. Inson kapitali deyilganda jamiyat a’zolarining bilimi, ko‘nikmalari, salomatligi va ijodiy salohiyati tushuniladi. Ayni shu omillar iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarning bosh harakatlantiruvchi kuchidir.
Inson kapitaliga kiritilgan sarmoya, ya’ni ta’lim va tibbiyotni rivojlantirish – kelajakni kafolatlaydi. Zamonaviy texnologiyalarni boshqarish, yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish hamda mehnat unumdorligini oshirish bevosita bilimli kadrlarga bog‘liq. O‘zbekiston va shuningdek, yoshlar ulushi yuqori bo‘lgan davlatlar uchun sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish strategik ahamiyatga ega.
"Iqtisod +" dasturining navbatdagi sonida O‘zbekistonda mazkur sohaga qaratilgan e’tibor va natijalar haqida O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov bilan suhbatlashdik.
Ziyovuddin Nuriddinov
Doniyor Yakubov
Salimjon Obidjonov
O‘zA