Inson kapitali eng qimmat boylik hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Har bir fuqaroning mehnati, bilim hamda ko‘nikmasi qadrlanadigan, tan olinadigan yangi tizim shakllantirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishda tub burilish yasadi. Mazkur qaror asosida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etildi.  

O‘zA muxbiri markaz direktori Anvar Allaberganov bilan qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.  

– Milliy malaka tizimi joriy etilishiga qanday zarurat bo‘lgan? Davlatimiz rahbarining sohaga oid qarori qabul qilinganidan keyin tizimning asoslari qanchalik takomillashtirildi?

– O‘zbekiston inson kapitaliga asoslangan taraqqiyot modeli sari yo‘l olmoqda. Buning zamirida esa albatta, bilim, ko‘nikma va tajriba hamda uni xolis baholashga asoslangan tizim bo‘lishi shart. Ana shunday ehtiyojdan kelib chiqib, milliy malaka tizimini shakllantirish – shunchaki yangi g‘oya emas, balki ijtimoiy, iqtisodiy hamda ta’limiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan zarurat edi.

Ilgari mehnat vazifasini bajarishga yetarli bilim va ko‘nikmaga ega shaxslarni ishga qabul qilishda rasmiy hujjat uchun o‘qish talab etilgan. Bu esa ortiqcha vaqt va moliyaviy resurslarni sarflashga olib kelgan. Ayni paytda norasmiy o‘zlashtirilgan bilim hamda ko‘nikmalarni baholashdan o‘tkazish orqali rasmiy tan olish tizimi yaratildi.

Ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini qabul qilish borasida keng imkoniyatlar yaratildi.

– Xalqaro standartlar asosida mashg‘ulotlar, kasb va lavozimlar milliy klassifikatorini ishlab chiqish va rivojlantirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Kasblar, lavozimlar va mashg‘ulotlarni to‘g‘ri, aniq, zamon talablariga mos ravishda tasniflab berish, taraqqiyot uchun juda muhim vazifa. Bu mehnat bozori hamda ta’lim tizimini yagona tilda “so‘zlashtirish”ga qaratilgan islohotlar silsilasining uzviy qismidir. Shu sababli, yangi milliy klassifikatorni yaratish – inson mehnatini xolis, aniq, shaffof va xalqaro andazalarga mos baholashning muhim mezoni bo‘ladi.

Bu borada mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamkorligida turli tarmoqlarda mavjud kasblar tahlil qilinmoqda. Kasblarning vazifa doirasi, talab etiladigan ko‘nikma va malaka, ularning maqomi hamda ahamiyati qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Yangi klassifikator elektron formatda ishlab chiqiladi. Bu kelajakda mehnat bozori, ta’lim muassasalari, kasbiy baholovchilar, korxonalar uchun yagona ma’lumot manbai sifatida xizmat qiladi.

Yangi milliy klassifikatorning xalqaro standartlar bilan uyg‘unligi O‘zbekiston fuqarolarining kasbiy malakasini chet elda ham tan olinishiga erishishdan iboratdir. Bu esa, xorijda o‘qish yoki ishlashni rejalashtirayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

– Malaka ramkalari, kasbiy standartlar va malaka talablarini ish beruvchilar talablari asosida ishlab chiqish vazifasi bajarildimi?

– Har bir taraqqiyot sari intilayotgan mamlakat hayotida bitta savol doimo o‘rtaga chiqadi: biz qanday insonlarni tayyorlayapmiz – mehnat bozori esa kimlarni talab qilmoqda?

Bunga javoban aytish mumkinki, O‘zbekiston bugun yangicha fikrlaydigan, raqobatbardosh va mutaxassisligi bilan nafaqat mahalliy, balki xalqaro mehnat bozorida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislarni yetishtirishni maqsad qilgan. Shu tufayli, joriy etilayotgan milliy malaka tizimi – bu faqat ta’lim bilan ish joyi o‘rtasidagi ko‘prik emas, balki har bir kasb uchun aniq, adolatli, ish beruvchi talablariga javob beradigan mezonlar majmuasi hamdir.

Bizga ma’lumki, bundan bir necha yillar avval tizimda mutaxassislarni tayyorlash “ta’lim standarti” asosida amalga oshirilgan. Lekin ta’lim muassasalarida berilgan bilim har doim ish joyida talab etiladigan ko‘nikmalarga mos kelmas edi.

Prezident qarori va uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan hujjatlarda shu muammolarga aniq yechim sifatida malaka ramkalari, kasbiy standartlar hamda malaka talablarini ish beruvchilar ishtirokida ishlab chiqish, shu bilan birga, rivojlantirish topshirildi.

Milliy malaka ramkasida har bir darajadagi mutaxassisdan nimalar kutilmog‘i, qanday bilim va ko‘nikma (mahorat)ga ega bo‘lishi, mas’uliyat va mustaqillik darajasi aniq belgilangan.

Bu – ta’limni mehnat bozoriga yaqinlashtirishdagi muhim qadam. Bugungi kunda har bir sohada malakali mutaxassislar hamkorligida kasbiy standartlar ishlab chiqilmoqda. Bu hujjatda kasb egasining asosiy vazifalari, kerakli bilim va ko‘nikmalari qanday bo‘lishi kerakligi aks ettirilmoqda.

– Yangi avlod kasbiy standartlar asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish, oliy va professional ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda institut qanday o‘rin tutmoqda?

– Zamon shiddati kundan kunga o‘zgarib, ilm, fan, texnologiya har kuni yangilanmoqda. Mehnat bozoridagi talab esa kechagi emas – u bugungiga, ertangiga qarab shakllanyapti. Bunday sharoitda mutaxassis tayyorlash, kasb egalarini yangi mezonlar asosida baholash va ularning salohiyatini ish beruvchilar talabiga moslashtirish – davlat siyosati darajasidagi muhim vazifadir.

Ushbu vazifalarni bajarish institutimizga yuklangan va bu borada tashkilotimiz malaka tizimini muvofiqlashtiruvchi regulyator vazifasini bajarmoqda.

Institut bu borada Respublika kengashi, tarmoq kengashlari va malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlamoqda. Tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarining ishlab chiqilishi bo‘yicha umumiy nazoratni amalga oshirish, ularni ekspertizadan o‘tkazish va joriy etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirib bormoqda.

Ta’lim dasturlarini tegishli kasbiy standartlar yoki malaka talablariga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar berilmoqda. Malakalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, faoliyatini monitoring qilish, ularning reyestrini yuritish va zarur hollarda ularga uslubiy yordam ko‘rsatish vazifalarini bajarmoqda.

Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi joriy etilgan. Milliy malaka tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda bu borada uslubiy xizmat ko‘rsatish, tarmoq kengashlari a’zolari va malakalarni baholash markazlari xodimlarining malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

– Malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishi, milliy malaka darajalarining ilg‘or xorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiya qilinishi qanday ta’minlanmoqda?

– Malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishi, milliy malaka darajalarining ilg‘or xorijiy davlatlar malaka darajalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

Ushbu vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro ilg‘or tajribalarni joriy etish uchun YUNESKO, ETF – (European Training Foundation), France Compétences (Fransiya) kabi qator xalqaro tan olingan tashkilot ekspertlarining tavsiyalari asosida malaka tizimi joriy etilmoqda va doimiy takomillashtirib borilmoqda.

Bu esa bevosita O‘zbekiston yoshlarining, iqtisodiy faol fuqarolarning mahalliy va xorijiy mehnat bozorlarida munosib raqobat qilishi, ta’lim natijalari va malakalarining tan olinishi, mehnat bozoriga oson moslashish, professional mobillikning oshishida muhim rol o‘ynamoqda.

Pirovard natijada, ularning daromadlari oshishi, mehnat bozoriga kirishda yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirishda xarajatlarni kamaytirish, istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan lavozimlarni egallashiga yo‘l ochilmoqda.

Eng muhimi, mehnat bozoridagi sifatli mehnat resurslarini rivojlantirish tizimi mavjudligi tufayli mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga erishiladi.

O‘zA muxbiri Norgul Abduraimova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson kapitali: salohiyat, bilimni qadrlash va tan olishga oid yangi tizim asosida kuchaytirilmoqda