Poytaxtimizdagi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Konstitutsiyamizning 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etildi.  

Tadbirni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ochar ekan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlariga oid normalar uch barobardan ortiq ko‘payganini alohida ta’kidladi.  

Taqdirlash marosimida 5 ta nominatsiya, jumladan, “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlar”, “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyat”, “Inson huquqlari targ‘iboti”, “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar”, shuningdek, “Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” yo‘nalishlarida qo‘shgan hissasi uchun 16 nafar nomzod “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga munosib deb topildi.  

Shuningdek, tadbirda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.  

[gallery-14896]

Mazkur tanlov joriy yil 1 iyunda e’lon qilinib, 15 noyabrga qadar davom etdi. Bu jarayonda inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalarni rag‘batlantirish orqali aholi barcha qatlamlarining inson huquqlari bo‘yicha huquqiy madaniyati va savodxonligini yanada oshirish, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.  

Tadbirda qayd etilganidek, tanlovga talabgorlardan 81 ta ariza kelib tushgan. Arizalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdim etildi.  

“Eng yaxshi rasm, mavzu: “Inson huquqlari bolalar nigohida”, “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik” , “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari, “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola, “Inson huquqlari bilimdoni”, “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi” hamda “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi” mavzularida arizalar qabul qilindi.  

Hakamlar hay’ati arizalar va ijodiy ishlarni sinchiklab o‘rganib chiqdi. Natijada 5 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniq bo‘ldi.  

Qolgan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanmadi. Chunki tanlov Nizomiga ko‘ra, agar biror nominatsiya bo‘yicha 3 tadan kam ariza kelib tushsa, o‘sha nominatsiyada tanlov o‘tkazilmaydi.  

Shu nuqtayi nazardan, “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari” hamda “Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi” nominatsiyalari bo‘yicha yetarlicha ariza kelib tushmadi. Shu bois hakamlar xay’ati tomonidan mazkur ikki nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash masalasi ko‘rib chiqilmadi.  

Tadbir davomida “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzuidagi o‘quv kursida ishtirok etgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 19 nafar tinglovchiga ham sertifikatlar topshirildi. Ushbu mashg‘ulotlar 2023 yil 14-17 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan edi.  

Shuningdek, inson huquqlari sohasida ta’lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘quv kurslarini o‘tkazishda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan hamkor tashkilotlarga tashakkurnomalar taqdim etildi.  

Bundan tashqari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi ikki nafar faxriy xodimiga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonitopshirildi. Ushbu mukofot O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra taqdim etildi.  

Gulnoza Boboyeva, Murodxon Xo‘jayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi