Shu kunlarda dunyoning aksariyat mamlakatlarida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinganligining 75 yilligi keng nishonlanmoqda.

Mazkur hujjat BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi barcha davlatlar uchun tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lishiga qaramay insonning shaxsiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquq hamda erkinliklarini o‘zida mujassam etgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjat sifatida tan olingan. 

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga dunyoning aksariyat davlatlari qo‘shilgan bo‘lib, O‘zbekiston ham mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan birinchi xalqaro-huquqiy hujjatdir. Mazkur Deklaratsiya muqaddima va 30 ta moddadan iborat bo‘lib, unda inson huquqlarining himoya qilinishi, insonlarning so‘z va e’tiqod erkinligiga ega bo‘lishi, shaxsning qadr-qimmati hurmat qilinishi, erkak va ayolning teng huquqliligi ta’minlanishi, qo‘rquv va muhtojlikdan xoli sharoitda yashashi, inson huquqlarining qonun bilan himoya qilinishiga erishishi, xalqlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish singari insonning asosiy huquqlarga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. 

Barcha xalqlar va davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida e’lon qilingan mazkur hujjatning asosiy maqsadi, har bir inson, har bir davlat va jamiyatdagi tashkilot ushbu Deklaratsiya moddalariga tayangan holda ma’rifat va ta’lim yo‘li bilan belgilangan huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko‘maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali uning bajarilishi ta’minlanishiga, BMTga a’zo davlatlar tomonidan tan olinishi lozimligi qayd etilgan. Deklaratsiya deyarli barcha davlatlarda inson huquq va erkinliklariga oid qonun hujjatlari ishlab chiqilishida, insonlarning himoya qilinishi hamda ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. 

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasiga muvofiq har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega. Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Ushbu normalar yaqinda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Bosh Qomusimizning 52-moddasida O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. 

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi, deb muhrlab qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan barchamiz o‘qituvchining mehnatini hurmat qilishimiz, uning kasbiy va ma’naviy salohiyatini qadrlashimiz lozim. Deklaratsiyaning 5-moddasiga muvofiq, hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerakligi belgilangan bo‘lsa, yangi tahrirdagi Qomusimizning 26-moddasida hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi belgilangan. 

Bu konstitutsiyamizning deklaratsiya qoidalari bilan uyg‘unligini ko‘rsatadi. Ombudsman instituti ham mamlakatimizda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidagi muhim qoidalarni, qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda boshqa qonun hujjatlaridagi inson huquq va erkinliklari sohasiga bag‘ishlangan qoidalarning amalda qo‘llanilishini o‘rganmoqda hamda qator amaliy ishlarni olib bormoqda. Prezidentimizning 2021 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq 2022 yildan boshlab doimiy asosda faoliyat yuritayotgan Ombudsmanning viloyatlardagi mintaqaviy vakillari inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini

ta’minlashda qator amaliy ishlarni ro‘yobga chiqarmoqda. 

Xususan, ular tomonidan joylarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, inson huquqlari bo‘yicha monitoringni tashkil etish va o‘tkazish, fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish, shuningdek, ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy jazo o‘tayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish, inson huquqlari sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirib kelmoqda. Shu bilan birga, ombudsman va jamoatchilik guruhlari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga muntazam ravishda tashrif buyurish orqali qiynoqlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarmoqda. 

Jumladan, Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili jamoatchilik guruhlari hamkorligida qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash holatlarining barvaqt oldini olish, u bilan bog‘liq murojaatlarni tezkor ravishda xolisona ko‘rib chiqish maqsadida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga, xususan maxsus ta’lim muassasalari, ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi, narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat filiali, viloyatdagi “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, reabilitatsiya markazi hamda vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari tashkil etib kelmoqda. 

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, inson huquq va erkinliklari sohasida qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan aholining xabardorligini oshirish maqsadida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida turli mavzularda tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, 2023 yilning o‘tgan davrida mazkur loyiha doirasida Xo‘jaobod, Bo‘ston, Marhamat, Jalaquduq va Shahrixon tumanlarining chekka mahallalarida aholini ijtimoiy himoya qilish, xususan, kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish va boshqa mavzularda tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar aholining huquqiy bilim va madaniyatining yuksaltirishga, fuqarolarning inson huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitishga yordam bermoqda. 

Gulnoraxon Abduvohidova,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha

vakilining(ombudsmanning)Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili.

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inson huquq va erkinliklari kafolati