Toshkentda xalqaro ilmiy hamkorlikning yorqin namunasi sifatida “O‘zbekistonda YATBI kunlari”ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar faqat tarixiy xotira emas, balki yangi davr talablariga mos ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari bilan boyimoqda. Shu kuni amalga oshirilgan tadbirlar, ma’ruzalar va uchrashuvlar bu hamkorlikning mustahkam poydevorga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi. 
 
22-aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ertalabdan ilmiy muhit hukmron bo‘ldi – Yadro tadqiqotlari birlashgan institutining innovatsion ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Bu yerda yadro fizikasining kelajagiga oid ishlanmalarni ko‘rib, zamonaviy ilmiy jozibaning qanday bo‘lishini his qilish mumkin.” 

Fanlar akademiyasi binosida o‘tkazilgan ochilish marosimida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti direktori Grigoriy Trubnikov hamda Yadro fizikasi instituti direktori Ilhom Sodiqov so‘zga chiqdilar.

 Ular O‘zbekiston va YATBI o‘rtasidagi hamkorlikning tarixiy asoslari va istiqboldagi yo‘nalishlari haqida fikr bildirdilar. 
 
 Ochilish marosimida, eng muhimi, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Bu shartnoma ikki tomonlama ilmiy loyihalar, kadrlar tayyorlash va innovatsion texnologiyalar almashinuvini qamrab oladi. 
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiyasi a’zolari Romanovskiy nomidagi matematika instituti, IT Park Universiteti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazida bo‘lib, ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazishdi. 

Delegatsiya a’zolari uch qismga bo‘linib, O‘zbekistonning turli ilmiy markazlarida bo‘lishmoqda. Bu uchrashuvlar orqali aniq fanlar, tibbiyot va IT   sohalarida yangi tashabbuslarga yo‘l ochilmoqda. 
 
“O‘zbekistonda YATBI kunlari” nafaqat ilmiy hamkorlikni mustahkamlaydi, balki yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xalqaro ilmiy hamkorlikning rivojlanishi esa mamlakatimizda fan va ta’lim sohalarida yangi rivojlanish bosqichini boshlab berishi muqarrar. 

“Kelajakda O‘zbekistonda ilmiy markazlar ochilishi ham rejalashtirilganmi?” mazmunidagi O‘zA muxbirining savoliga yuzasidan YATBI direktori Grigoriy Trubnikov shunday javob berdi: 

 “O‘zbekiston atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu – mutlaqo to‘g‘ri va uzoq muddatli strategik qaror. Bunday stansiyalarni faqat professional mutaxassislar boshqarishi kerak. Kadrlar tayyorlash esa – bu biz faol yordam berayotgan soha. 
Shuni ta’kidlash joizki, atom elektr stansiyalarida va ilmiy-izlanish reaktorlarda faqat energiya ishlab chiqarilmaydi, balki radiodori vositalari ham yaratiladi. Bu maxsus farmatsevtika yo‘nalishi bo‘lib, deyarli barcha onkologik kasalliklarga, hatto eng og‘ir holatlar va metastazlarga qarshi kurashishda yordam beruvchi dori vositalarini o‘z ichiga oladi. Hatto jarrohlik yoki kimyoterapiya samara bermagan hollarda ham bu dori vositalari yordam berishi mumkin”.
 
Shuningdek, institut direktori hozirda O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti negizida yangi avlod radiodori vositalari izotoplarini ishlab chiqarishga qodir laboratoriya bazasi rivojlantirilayotgani, bu yo‘nalishda hamkorlikda ishlar olib borilayotganini ta’kidladi. 

 “Ekologik fanlarni chuqur tushungan holda, qishloq xo‘jaligini ham samarali rivojlantirish mumkin. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali agronomik iqtisodiyotni, ya’ni agrotexnologiyalarni to‘g‘ri rejalashtirish imkoni yaratiladi. Bu ham biz O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan yo‘nalishlardan biridir. 
 
 Shuningdek, arxeologiya, tarix va gumanitar fanlar sohasidagi izlanishlar ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Umid qilamanki, yaqin yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va hukumatining ko‘magida universitetlar qoshida bir nechta ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi”, deydi u. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1pQPaR8eehU" title="&quot;Inson hayoti uchun muhim radiodori vositalari yaratiladi&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Grigoriy Trubnikov, shuningdek,  bugungi talabalarning bilimga chanqoqligi, ular o‘z malakalarini tez fursatda oshirishni xohlashini alohida e’tirof etdi.  

“Yaxshi maoshli ish topish uchun faqat nazariy bilim yetarli emas – amaliy ko‘nikmalar ham juda zarur. Universitetlar qoshidagi laboratoriyalar aynan shunday ko‘nikmalarni tez va samarali shakllantirish imkonini beradi. Bu borada bizda katta rejalar, katta istiqbollar bor deb o‘ylayman” deydi yana — Grigoriy Trubnikov.  

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Inson hayoti uchun muhim radiodori vositalari yaratiladi" (+video)