InSight kosmik aparati Marsdan suratlar joʻnatdi
NASAning InSight kosmik aparati Mars yuzasidan olingan ilk suratlarni joʻnatdi. Bu xaqda RIA Novosti xabar tarqatmoqda.
NASAning InSight kosmik aparati Mars yuzasidan olingan ilk suratlarni joʻnatdi. Bu xaqda RIA Novosti xabar tarqatmoqda.Xabarda keltirilishicha, qurilma Moskva vaqti bilan 27-noyabr kuni soat 22.54 da (Oʻzbekiston vaqti bilan soat 00:54) Marsning Eliziy togʻ hududiga qoʻngan.
Qoʻnish muvaffaqiyatli amalga oshgandan soʻng, mutaxassislar apparat Mars yuzasidan olingan birinchi fotosuratni qabul qilishganini tasdiqlashgan. Suratlarda chang zarralari va Mars gorizontini koʻrish mumkin.
Loyiha mutaxassislari qurilma faoliyatida kamchiliklar kuzatilmagani vahozirgi vaqtda quyosh batareyalarining ochilishi kutilayotganini qayd etishgan.
Ushbu parvoz orqali Amerika kosmik uskunalarining Mars yuzasiga sakkizinchi qoʻnishi muvaffaqiyatli qayd etildi.
Tadqiqot sayyoraning geologik tuzilishini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. Shu maqsadda “InSight” qurilmasi ichki haroratni aniqlash maqsadida seysmograf hamda geofizik termometr bilan jihozlangan.