Nigeriyada yashash uchun eng zarur, birlamchi mahsulotlar narxi bilan bog‘liq inqirozga qarshi norozilik bildirgan 29 bola o‘limga hukm qilinishi mumkin. Ayblov varaqasiga ko‘ra, “isyonchilar” 14-17 yosh oralig‘ida.

Mamlakatda narx-navo rekord darajada qimmatlashib ketishi munosabati bilan uyushtirilgan namoyishda qatnashgani uchun juma kuni sudga tortilgan yoshlarga oliy jazo tayinlanishi mumkin. Ulardan to‘rt nafari jismonan nosog‘lomligi tufayli sudga da’vo arizasi kirita olmagani aytilmoqda.

“Associated Press” xabarida jami 76 namoyishchi 10 turdagi jinoyat, jumladan davlatga xiyonat, mulkni yo‘q qilish, jamoat tartibsizligini yuzaga keltirish va isyon ko‘tarishda ayblangan.

Nigeriyada narx keskin oshishi ortidan so‘nggi oylarda bir necha bor ommaviy norozilik sodir etildi. Joriy yil avgust oyida yoshlar uchun imkoniyat va ish o‘rnini yaxshilash talabi bilan o‘tkazilgan namoyishda kamida 20 kishi otib o‘ldirilgan, yuzlab odam hibsga olingan edi.

Ushbu davlatda o‘lim jazosi 1970-yillarda joriy qilingan esa-da, 2016 yildan beri hech kim qatl qilinmagan.

Abuja shahrida yashovchi xususiy advokat Akintayo Balogun aytishicha, Bola huquqi to‘g‘risidagi qonun biror bola jinoiy javobgarlikka tortilishi yoki o‘limga hukm qilinishini taqiqlaydi.

Afrikadagi eng yirik xom neft ishlab chiqaruvchi yurtlardan biri bo‘lishiga qaramay, Nigeriya dunyodagi eng qashshoq mamlakatlar safini tark etolmayapti. Surunkali korrupsiya natijasida davlat amaldorlari va oddiy aholi turmush tarzida ulkan farq yuzaga kelgan. Tibbiyot mutaxassislari tez-tez arzimagan ish haqiga e’tiroz bildirib, ish tashlaydi.

Ko‘pincha korrupsiyada ayblanadigan mamlakat siyosatchilari va qonun chiqaruvchilari Afrikada eng yaxshi maosh oluvchilar qatorida tilga olinadi. Masalan, Prezidentning rafiqasi soliq to‘lovchilar tomonidan moliyalashtiriladigan hashamatli xaridlar qilish huquqiga ega.

210 million kishi yashaydigan Nigeriyaning qit’aning aholisi eng ko‘p davlati o‘laroq, dunyodagi eng nochor mamlakatlar qatoriga kiradi. Mamlakat hukumati ish o‘rinlari yaratish borasida jiddiy muammolar iskanjasida qolgan. Inflyatsiya darajasi so‘nggi 28 yillik eng yuqori darajani ko‘rsatmoqda. Mahalliy valyuta – naira dollarga nisbatan rekord darajada past qiymatga ega.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat agentliklari hisobotida Nigeriya “o‘ta jiddiy tashvish tug‘diradigan issiq nuqta” sifatida tasniflangan, chunki Afrika g‘arbidagi bu mamlakatda juda ko‘pchilik odam oziq-ovqat bilan bog‘liq keskin tanqislikka duchor bo‘lmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inqirozga qarshi ko‘tarilgan bosh kesiladimi?