Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bu jarayonda ekologiyaga salbiy ta’sir etishning oldini olish ilm-fan oldida turgan eng dolzarb vazifalardan. Butun dunyo olimlari, jumladan, mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot muassasalari izlanuvchilari ushbu maqsadda keng ko‘lamli ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada energiya sarfini kamaytirish, zamonaviy tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yurtimizning taraqqiyotini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari laboratoriyasida ham ushbu yo‘nalishda izchil ilmiy izlanishlar olib borilayotir. Bu jarayonda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, elektr va issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash, yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tayyor texnik ishlanmalarni kichik korxonalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga tatbiq etish, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash kabi vazifalarni bajarishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Olimlarimizning ilmiy izlanishlari natijasida mamlakatimizning issiq iqlim sharoitiga mos har xil turdagi fotoelektrik batareyalar va qurilmalarning tajribaviy texnik namunalari ishlab chiqarildi. 2011-2015-yillarda mazkur texnologiyalarni qishloq xo‘jaligining qator sohalariga tatbiq etish bo‘yicha to‘rtta innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Buning natijasida fotoelektrik qurilmalar energiya manbai sifatida ishlatilib, suv chiqarishda, quvvati 3 kilovatt bo‘lgan avtonom mobil fotoelektrik qurilma yordamida aholi punktlaridan uzoqda joylashgan obyektlarni energiya bilan ta’minlashda, fermer xo‘jaliklarida mahsulotlarni qayta ishlash jarayonida energiya ta’minotining uzluksizligiga erishish, hududlarni va inshootlarni yoritishda aholi uchun katta qulayliklar yaratmoqda.

Tajriba-ishlab chiqarish sexida fotoelektrik qurilmalarning har xil turdagi konstruksiyalari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, mobil telefon, noutbuklar, GPRS aloqa vositalari, akkumulatsiya tizimini zaryadlash uchun, universal quyosh zaryad qurilmasi, qishloq aholisi uchun quvvati 50-170 vatt bo‘lgan ko‘chma fotoelektrik qurilma, quduqlardan suvni 1-3 kilovatt, 100 metr chuqurlikkacha tortib chiqaruvchi avtonom fotoelektrik tizim, quvvati 170 vatt bo‘lgan fotoissiqlik o‘zgartirgich qurilma, shuningdek, quvvati 200 vatt bo‘lgan avtomatik tarzda sovutuvchi ventilyatorlar bilan ta’minlangan samarali fotoelektrik batareya, fotoelektrik qurilmalar uchun yuqori chastotali, quvvati 1000 vattga teng ikki taktli invertor qurilmalardan foydalanilmoqda.

Fotoelektrik qurilmalar vositasida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan samarali foydalanish iste’molchidan ma’lum darajada texnik bilim va yangi texnologiyadan foydalanish madaniyatini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Zero, qurilmani to‘g‘ri boshqarish, uni ma’lum muddatda texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik talablarga rioya kilish yangi qurilmaning ishonchliligi va samaradorligini ta’minlaydi. Olimlarimiz va mutaxassislar ushbu masalaga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Qurilmani iste’molchiga yetkazib berish barobarida uning tuzilishi, ishlash jarayoni parametrlari iste’molchiga batafsil tushuntiriladi, yangi texnologiyadan oqilona foydalanish usullari chuqur o‘rgatiladi.

Yangi texnologiyalar shahar ko‘chalari, turli korxona va zavodlar ishlab chiqarish sexlarini yoritishda ham juda samarador vositadir. Ayni paytda undan bir qator hududlarni yoritishda foydalanilmoqda. Masalan, poytaxtimizning Uchtepa tumani Chilonzor-21 dahasida 170 vattli fotoelektrik qurilma o‘rnatildi va energiyatejamkor yorug‘lik diodli lampalar bilan ta’minlandi. Bunda kunduzi quyosh energiyasi elektr energiyasiga aylantirilib, akkumulyatorlarga yig‘iladi, kechqurun avtomatik yoritish tizimi ishga tushadi. Avtomatik jarayon vaqt relesi hisobiga amalga oshiriladi. Natijada bir yil davomida bitta tayanch ustuniga o‘rnatilgan fotoelektrik qurilma 840 kilovatt-soat elektr energiyasini tejash imkonini bermoqda. Hozirgi kunda Sergeli va Yunusobod tumanlarida ham ushbu zamonaviy ko‘cha yoritgichlarni joriy etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Institutimiz 2013-2014-yillarda innovatsion loyiha asosida Toshkent viloyatidagi “Mega chorvador” fermer xo‘jaligida avtonom ko‘pfunksiyali fotoelektrik, fotoissiqlik o‘zgartirgich va biogaz qurilmalari kompleksi asosidagi tizimning tajribaviy namunasini sinovdan o‘tkazdi. Quyosh energiyasi hisobiga ishlab chiqilgan elektr energiya, issiq suv, biogaz va o‘g‘it fermer xo‘jaligi ehtiyojlariga sarflandi.

Elektr energiyasi asosan 112 bosh sigirni 2,5 soat ichida sog‘ib olishga mo‘ljallangan sut sog‘ish jihozlari uchun sarflanibgina qolmay, ferma hududidagi tungi yoritish tizimlarini, shuningdek, ishchi xodimlarning qulay ish muhitini ham ta’minlab bermoqda. Ferma xodimlarining fikriga ko‘ra, fotoelektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan energiya kuniga 30 kilovatt-soatni tashkil etadi, bundan tashqari 100 metr kubgacha biogaz, sutkasiga 1000 litr issiq suv, 400 kilogramm atrofida qattiq o‘g‘it (briket) olinmoqda. Fermer xo‘jaligining muqobil energiya manbalaridan foydalanish natijasida iqtisodiy ko‘rsatkichlari bir necha barobar ortdi.

Ta’kidlash joizki, institutimiz taklif etayotgan va amaliyotga tatbiq qilinayotgan fotoelektrik batareyalar va ular asosidagi qurilmalar xorijdan keltirilayotgan analoglaridan farqli ravishda mamlakatimiz iqlim sharoitiga moslashtirilgan. Jumladan, batareyalar chet elda ishlab chikarilgan shunday qurilmaga qaraganda kuchlanishi 2,5-3 vatt yuqori va konstruksiyasi ishlatish uchun qulay va samaradordir. Bundan tashqari, mahsulotlarimizga servis xizmati ko‘rsatish, ularni ta’mirlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Institutimiz olimlari ilmiy izlanishlar, yangi ixtirolarni amalga tatbiq etish bilan bir qatorda, foydalanilayotgan qurilmalarning samaradorligini o‘rganish maqsadida doimiy monitoring olib bormoqda. Bu kelgusi rejalarni amalga oshirishda nimalarga e’tibor qaratishni, jumladan, qanday funksiyali va konstruksiyadagi qurilmalarga ehtiyoj yuqoriligini aniqlashga zamin yaratadi. Shunday izlanishlar mahsuli sifatida kichik quvvatli aloqa vositalarini quyosh yordamida zaryadlashga asoslangan har xil quvvatli “quyoshdan zaryadlash qurilmalari” ishlab chiqildi. Undan asalni ajratib beruvchi uskuna, kam quvvatli jo‘ja ochish moslamasi, qo‘y junini olish texnologiyasi, kichik quvvatli yoritish tizimlari va boshqa ixcham vositalarni zaryadlashda foydalanish mumkin.

Bunday zamonaviy texnologiyalar yurtimizda an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida keng namoyish etilib, shartnomalar tuzilib kelinmoqda. Xususan, joriy yilda bo‘lib o‘tgan VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida 1 milliard so‘mlikdan ortiq shartnomalar imzolandi.

Xulosa qilib aytganda, fan taraqqiyoti jamiyatni barqaror rivojlantirish, mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilayotir.

H.Sobirov,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
“Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasi
Fizika-texnika instituti
katta ilmiy xodimi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion texnologiyalar – barqaror rivojlanish omili