“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatida mineral momiq va issiqlik o‘tkazmaydigan plitalar tayyorlash uchun yiliga 10 ming tonnadan ziyod bazalt xomashyosi ishlatiladi. Ana shu jarayonda yiliga 1,2 ming tonna texnogen chiqindilar ajralib chiqadi.

Bu borada tayyorlangan yangi loyihaga ko‘ra, bazalt tolasi chiqindilari asosida yangi turdagi devorbop izolyatsion qurilish materialini olish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Milliy matbuot markazida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatida innovatsion g‘oyalar asosida amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzuida o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilindi.

– Innovatsion loyihalar doimiy e’tiborda, – deydi “O‘zmetkombinat” AJ raisining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Mustafoyev. – Shu bois ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. «Fizika-quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi materialshunoslik instituti bilan payvandlash elektrodlari uchun maxsus qoplama, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan po‘lat zoldirlarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Yekaterinburgdagi “Gidroxromium” MCHJ bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. MiSiS Olmaliq filiali bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, yiliga 600 tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda suyuq shisha ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilganidek, korxonada qoldiqlar ham qayta ishlanayotgani eksport hajmini oshirishga xizmat qilmoqda. Shlak uyumlarini qayta ishlash sexida ko‘p yillar davomida yig‘ilgan shlaklarni qayta ishlash loyihasi ulardan biri. Unga ko‘ra, Xitoy davlatidan 3 million dollarlik investitsiya jalb qilinib, Bekobod shahri va tumani hududida yillik quvvati 500 ming tonnadan ortiq shlakni qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Keyingi uch yilda Xitoyga 275 ming tonnadan ortiq ana shu turdagi mahsulot yuborildi.

2020 yilda esa «ALPHA MINING GROUP-ASIA» Rossiya – O‘zbekiston korxonasi 3 million dollar investitsiya kiritib, 12 million tonna shlak qoldiqlarini qayta ishlash bo‘yicha shartnoma tuzildi. Endilikda korxona yiliga 1,2 million tonnadan ortiq shlakni qayta ishlab, 90 ming tonna temir parchalari oladi. Natijada joriy yilda 1,3 million tonna shlakni qayta ishlashga erishiladi.

Yangi loyhalardan yana biri – «Mikrokremnezyom asosida bog‘lovchi natriy-silikat olishda avtoklavsiz texnologiya ishlab chiqish» loyihasi bo‘lib, texnologik chiqindidan yangi turdagi, raqobatbardosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda. Mikrokremnezyom qurilish sohasida quruq qurilish aralashmalari, o‘tga chidamli va issiqlik izolyatsiyasi uchun massalar, sementga faol mineral qo‘shimchalar, beton qo‘shimchalari uchun ishlatiladi.

Matbuot anjumanida «O‘zmetkombinat» AJning 2030 yilgacha rivojlanish konsepsiyasi haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, sohaning ishlab chiqarish salohiyati va investitsiya faoliyatining asosiy tendensiyalarini baholash, metall ishlab chiqaruvchi va metall iste’mol qiladigan korxonalarni rivojlantirish, qora metallurgiya tizimi yuksalishida faol ishtirok etish belgilangan.

Rivojlanish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 18 ta asosiy yo‘nalish belgilab olingan. Misol uchun, 2030 yilga qadar prokatlangan po‘lat mahsulotlarining hajmi 120 foizga oshadi, “Quyuv-prokat kompleksi” ishga tushgandan so‘ng 400 dan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi tarkibiy bo‘linmalarning uskunalarini yangilash va kapital ta’mirlash ham mo‘ljallanmoqda.

Matbuot anjumanida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Innovatsion loyihalar “O‘zmetkombinat” AJ rivojiga xizmat qilmoqda