AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri Samanta Pauer poytaxtimizdagi 5-maktabga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Pauer xonim har bir bolaning maktabda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur ta’lim beradigan, o‘quv materiali bilan ta’minlaydigan, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini yaxshilashga ko‘maklashadigan yangi tashabbusni ilgari surdi. Ushbu loyiha uchun yiliga 5 million dollardan ajratiladi.

Qayd etilishcha, Prezident Jo Bayden C5+1 formatidagi oxirgi yig‘ilishda guruh tarkibidagi mamlakatlarning barcha hududlarida nogiron shaxslarga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlagan.

Masalan, O‘zbekiston hukumatining bu boradagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2025 yilga kelib maktablarning 51 foizida inklyuzivlik yo‘lga qo‘yilishi kerak. Ushbu dastur ilg‘or inklyuziv ta’lim tizimi uchun zamin yaratadi va yosh o‘quvchilar, jumladan, nogiron bolalarning asosiy ko‘nikmasini oshiradi.

Mazkur tashabbus ingliz tili, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘qish, matematika kabi asosiy fanlar bo‘yicha ta’limni yaxshilashga qaratilgan.

2019 yildan beri AQSH USAID orqali yurtimizga sohani qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million dollardan ko‘p sarmoya kiritdi. Yangi loyiha esa bog‘cha yoshidan beshinchi sinfgacha bo‘lgan bolalar samarali o‘zlashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishiga ko‘maklashuvchi, dalillarga asoslangan o‘qitish usuli – inklyuziv ta’limni sinab ko‘rish va kengaytirish uchun hukumat, o‘qituvchilar, ota-onalar, nogironlar va fuqarolik jamiyatini birlashtiradi.
Bunday sa’y-harakatlar inklyuziv ta’lim tamoyilini integratsiyalash maqsadida o‘qitish tizimi va o‘quv materiallarini qayta ko‘rib chiqishga qaratiladi. AQSH keng ko‘lamli ta’lim ehtiyojini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘qituvchi, maktab rahbari va boshqa mutaxassislar kasbiy mahoratini oshirish, butun mamlakat bo‘ylab inklyuziv ta’limni rivojlantirishga yordam beradi.
Inklyuziv ta’lim tizimi barcha bolalarga mavjud ehtiyojni qondiradigan muhitda o‘qish va rivojlanish imkonini beradi. USAID O‘zbekistondagi har bir o‘g‘il-qiz uchun inklyuziv, sifatli va teng huquqli ta’limni ta’minlash yo‘lida hamkorlikni davom ettiradi. Bu barcha bolalar kun kelib jamiyatning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanishi va mamlakat kelajagiga hissa qo‘shishi uchun zarur asosiy ko‘nikmani shakllantirishga xizmat qiladi.

Go‘zal Sattorova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun AQSH bilan hamkorlik qilinadi