“Inklyuziv ta’lim” loyihasi amaliyotda
FOTOREPORTAJ
Ayni kunlarda Termiz shahridagi 3- 13- va 15-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan Afg‘oniston fuqarolarining farzandlari uchun o‘tilayotgan darslar va to‘garaklar faoliyati xalqaro ekspertlar tomonidan tahlil qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “YUNISEF” xalqaro tashkiloti hamkorligida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi bilan viloyatda amalga oshirilayotgan “Inklyuziv ta’lim” loyihasi doirasidagi ushbu tahlil jarayonlari 1 hafta davom etadi.
[gallery-13574]
Shuningdek, aynan ushbu maktablarning pedagog va psixologlari hamda maktab rahbarlari uchun 1 haftalik seminar-treninglar boshlangan bo‘lib, unda xorijiy trenerlar tomonidan inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish borasida qiziqarli mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA