Inklyuziv ijodiy ustaxonalar taşkil qilinadi (+video)
Yangi Özbekistonda insonni qadrlaş, huquq va manfaatlarini himoya qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişidir.
Ayniqsa, nogironligi bölgan şaxslar, alohida ehtiyojga ega bolalar va yoşlar uçun teng imkoniyat yaratiş, ularning jamiyat hayotidagi faol iştirokini taʼminlaş inklyuziv jamiyat qurişning muhim şartlaridan.
Inklyuziv jamiyat — bu jamiyatning barça aʼzolariga jismoniy holati, yoşi, ijtimoiy kelib çiqişi, dini yoki imkoniyatidan qatʼi nazar teng huquq, imkoniyat va şaroitlar yaratib beruvçi tizimdir. Bunday jamiyatda nogironligi bölgan şaxslar yoki alohida taʼlim va ehtiyojga ega insonlar çetda qolmaydi, balki jamiyatning faol va teng huquqli aʼzosi sifatida yaşaydi.
Endilikda qonunçilikka köra, hududlarda inklyuziv ijodiy ustaxonalar taşkil qilinadi. Batafsil maʼlumot lavhamiz davomida.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov. ÖzA