O‘qituvchi sinfga o‘zi kirmadi, yonida xorijlik mutaxassis ham bor edi.

O‘quvchilar birvarakayiga ingliz tilida salom berdilar, keyin o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan salomlashdi. Shu bilan mashg‘ulot boshlanib ketdi. O‘qituvchilar o‘zaro va o‘quvchilar bilan ham faqat ingliz tilida muloqot qildi. Ayrim o‘quvchilar xato qilsa-da o‘qituvchilarning savollariga ingliz tilida javob berdi, o‘z fikrlarini ham chet tilida ifodalashga harakat qildi.

Ikki yildan buyon Toyloq tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hindistonlik ingliz tili o‘quvchisi faoliyat ko‘rsatayotgani tufayli chet tili mashg‘ulotlari shu taxlit o‘tiladi.

Yurtimizdagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga xorijiy tillarni o‘rgatish sifatini oshirish maqsadida chet mamlakatlardan mutaxassis jalb qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p bo‘lmadi. Keyingi yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy ta’lim tashkilotlari, elchixonalar, chet eldagi va mahalliy rekruting tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘quvchilarga dars berish uchun xorijdan yuqori malakali o‘qituvchilar jalb etilayotgani ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning chet tillarni mukammal o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

[gallery-20928]

Joriy o‘quv yilida Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 20 nafardan ortiq xorijlik mutaxassis o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular o‘quvchilarga rus, ingliz va boshqa chet tillardan saboq bermoqda.  

Sunitha Boshpa Hindistondan kelib, Toyloqdagi maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik o‘qituvchilardan biri.

– Men ilk bor 2023 yilda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi taklifi asosida yurtingizga, Toyloq tumanidagi 21-maktabga kelib, o‘quvchilarga ingliz tilidan dars o‘tganman, – deydi Sunitha Boshpa. –  Oldimga qo‘yilgan vazifa – o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish madaniyati va qobiliyatlarini o‘stirish, o‘qituvchilarga ilg‘or dars metodlarini o‘rgatishdir. O‘tgan o‘quv yilida ushbu maktab jamoasi bilan, o‘quvchilar bilan til topishib, hamkorlikda yaxshi ishladik. Shuning uchun bu yil ham ushbu maktabni tanlab, shu yerda ishlayapman. O‘quvchilarga qo‘shimcha darslar o‘tib, ingiz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, darsliklardagi ayrim qiyin mavzularni o‘qitishda chet tili fani o‘qituvchilariga yordam beryapman. Ikki yillik faoliyatim, tajribamdan kelib chiqib, aytishim mumkinki, 21-maktab o‘quvchilarining ingliz tilini o‘rganishga qiziqishi juda yuqori, deyarli har bir o‘quvchida bu tilda gapirish qobiliyati rivojlangan. Har bir darsni yaxshi o‘zlashtirishga harakat qilishadi, intilishlari yuqori. Bizda – Hindistondagi maktablarda ingliz tili ikkinchi, asosiy til sifatida o‘qitiladi va o‘quvchilar tabiiy va boshqa fanlarni ham ingliz tilida o‘rganadi. O‘zbekistonda esa ingliz tili xorijiy til sifatida o‘qitilsa ham o‘quvchilarning deyarli barchasi ingliz tilini o‘rganishga harakat qiladi. Bu tilda bemalol so‘zlasha oladigan, fikrini bayon etadigan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil qilishi quvonarli. Chet tili o‘qituvchilari ham o‘z sohasining malakali mutaxassislari hisoblanadi, ular bilan birga ishlash men uchun zavqli.  

Tuman markazidagi ikki ming nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim oladigan maktabda 104 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 13 nafari milliy va xalqaro sertifikatga ega ingliz tili fani o‘qituvchisidir.

– Sunitha xonim ikki yildan buyon maktabimizda ishlab, o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatib kelmoqda, – deydi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Aziza Xo‘jaaminova. – Biz bilan birga dars mashg‘ulotlarini olib boradi, o‘quvchilarimizga qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tyapti. Bu o‘quvchilarning ingliz tilida gapirish ko‘nikmasini oshirishga yordam beryapti. O‘quvchilar til tashuvchisi bilan emas, til egasi bilan muloqotda bo‘lib, chet tilida so‘zlashishni puxta o‘zlashtiryapti. Ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Sunitha xonim bilan faol muloqotda bo‘lib, xorijiy tilni o‘rganish va gaplashishda qayerda xato qilayotganini bilib olyapti va xatolarini tuzatyapti.

Bundan tashqari, biz – chet tili o‘quvchilariga ham darslarni yangi, zamonaviy metodlar asosida o‘tish, qiyin, murakkab mavzularni o‘quvchilarga oson tushuntirish bo‘yicha o‘z tajribalarini o‘rgatyapti. Bu, nafaqat biz chet tili o‘qituvchilari, balki boshqa fan o‘qituvchilari uchun ham foydali bo‘lmoqda. Birgalikda yangi metodlar bilan dars o‘tishni yo‘lga qo‘yib oldik.  

Maktab direktori Abdurasul Oripovning qayd etishicha, mazkur ta’lim muassasasi bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha tumanda birinchi o‘rinda turadi. O‘tgan o‘quv yilida 62 nafar bitiruvchining 45 nafari test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Shuningdek, nodavlat oliy o‘quv yurtlariga kirgan o‘quvchilar ham ko‘pchilik ekan. Ayni paytda esa 20 nafardan ortiq o‘quvchi ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatning Bulung‘ur, Ishtixon, Paxtachi tumanlari, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlaridagi maktablarda ham xorijlik o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular turar joy bilan ta’minlangan va boshqa zarur sharoitlar yaratib berilgan.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/NfHZGcgBVyQ?si=bbgH44861ab9PI6s" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

G‘.Hasanov, A.Isroilov (video, surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingliz tilini hindistonlik o‘qituvchi o‘rgatyapti