Infarkt va insultga qarshi kurash kuchaytirilmoqda (+video)
Prezident qarori bilan o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash, shoshilinch tibbiy yordam tizimini kuchaytirish, infarkt va insultdan keyingi nogironlik hamda erta o‘lim holatlarini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli milliy dastur yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur qaror bilan aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, 30 yoshdan oshganlarni maqsadli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shoshilinch tibbiy xizmatlarni xalqaro standartlar asosida tashkil etish va raqamli tibbiyot imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.
Xo‘sh, ushbu qaror amaliyotda qanday ishlaydi?
Yangi tizim aholi salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
Bu haqda Milliy tibbiyot markazi nevrolog shifokori — Nozimjon Murtazayev batafsil ma’lumot berdi.
Batafsil "Salomat bo‘ling" dasturida:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dFzx8S2VezE" title="Infarkt va insultga qarshi kurash kuchaytirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA