Indoneziyada zilzilalar davom etmoqda
AQSHning geologiya xizmatining tarqatgan xabariga koʻra, mamlakatning sharqiy hududlarida 5,6 magnitudadagi yer silkinishi yuz bergan. Bu haqda 2 oktyabr kuni Trend az axborot agentigi xabar berdi.
AQSHning geologiya xizmatining tarqatgan xabariga koʻra, mamlakatning sharqiy hududlarida 5,6 magnitudadagi yer silkinishi yuz bergan. Bu haqda 2 oktyabr kuni Trend az axborot agentigi xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 23.59 larda yuz bergan tabiiy ofatning yer osti oʻchogʻi Suba viloyatida ekanini aniqlangan.
Jabrlanganlar yuzasidan hozircha maʼlumotlar berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, bundan avvalgi yer silkininishi 28 sentyabr kuni mamlakatning Sulavesi viloyatida ketma-ket 6,1 hamda 7,4 magnitudadagi zizila yuz bergan edi. Zilzila ortidan hududga 2 metr balandlikdagi sunami ofati urilgan. Sulavesidagi tabiiy ofat oqibatida 1200 kishidan ortiq aholi jabr koʻrgan .
Zilzilalar oʻchogʻi faol joylashgan Indoneziya hududida seysmologlar har yili 4,0 balldan yuqori boʻlgan olti-yetti ming yer silkinishlarini qayd etadilar.