Indoneziyada xavf darajasi oshirildi
Indoneziya hukumati Zond boʻgʻozidagi Anak-Krakatau vulqonining faolligi kuchaygani tufayli mamlakatda xavf darajasini oshirdi.
Indoneziya hukumati Zond boʻgʻozidagi Anak-Krakatau vulqonining faolligi kuchaygani tufayli mamlakatda xavf darajasini oshirdi.
Bu haqda “Channel News Asia“ telekanali xabar bermoqda.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, vulqondan otilayotgan kul sabab xavf darajasi uchinchi bosqichga chiqarilgan. Qayd etilishicha, Indoneziya hukumati vulqon hududidagi barcha yoʻnalishdagi qatnovlarni oʻzgartirgan, Anak-Krakataudan 5 kilometr radiusda parvozsiz hudud joriy qilingan.
Eslatib oʻtamiz, 22 dekabr kechasida Indoneziya sohillariga sunami yopirildi. Tabiiy ofat oqibatida mamlakatning Lampung va Banten sohilboʻyi hududlarida 430 ga yaqin inson halok boʻldi, 150 kishi bedarak yoʻqoldi, turli darajada jarohat olganlar 1 ming 400 nafardan oshib ketdi, 16 mingdan ziyod aholi boshpanasiz qoldi.
Ehtimollarga koʻra, Anak-Krakatau vulqonining harakatga kelishi sunamiga sabab boʻlgan.