Indoneziya poytaxtini Kalimantanga ko‘chiriladi
Indoneziya parlamentining sessiyasida mamlakat poytaxtini Kalimantanga ko‘chirish masalasi muhokama qilindi, deyiladi Republika xabarida.
2019 yilda mamlakat prezidenti Jakartaning o‘rniga poytaxt sifatida Kalimantan tanlanganini e’lon qilgandi.
Yangi poytaxtning rivojlantirilishi 2020 yildan boshlangan.
Indoneziya poytaxtining Kalimantanga ko‘chirilishi sayyohlik va savdo munosabatlari rivoji evaziga mamlakat iqtisodi yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mazkur mamlakatni huquqni himoya qiluvchi faollar tazyiqqa uchrayotgan davlatlar qatorida tilga olgandi.