Indoneziya delegatsiyasi Samarqandga keldi
Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Indoneziya Respublikasi Xalq maslahati kengashi raisi Ahmad Muzani boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov kutib oldi.
Indoneziya Xalq maslahati kengashi raisi 2-3-iyul kunlari Samarqandda bo‘ladi va viloyat hokimi hamda turizm sohasi mas’ullari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va viloyatdagi boshqa tarixiy-madaniy maskanlar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.
[gallery-30195]
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari