Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish davom etmoqda.
Umuman, yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklarga 300 million dollar resurs ajratilgan.
Bitiruvchilarning ko‘pchiligi katta kredit olib, qaytara olmasligidan xavotir olayotgani uchun imtiyozli kredit resursining bir qismini bitiruvchini ishga olgan korxonalarga ham berish taklifi ma’qullandi.
Endi ishga olingan bitiruvchilar soniga qarab, tadbirkorlarga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit beriladi.
Masalan, 1 milliard so‘mgacha kredit olganlar kamida 1 nafar, 5 milliard so‘m olganlar esa 5 nafar bitiruvchini ishli qiladi. Imtiyozli kredit olgan korxona bitiruvchini 2 yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgaradi.
Ushbu yangi tizim nafaqat bu yilgi, balki oliygohni tugatganiga 3 yil bo‘lmagan bitiruvchilar uchun ham amal qiladi.
O‘zA