Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz hududlarida bir kunda 19-20 ming tonna chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindilar turli xil metallar, shisha idishlar, makulatura, plastik, oziq-ovqat mahsulotlarining qoldiqlaridan iborat bo‘lib, ularning faqat 32 foizi qayta ishlanishi yo‘lga qo‘yilgan.

Achinarlisi shundaki, aholi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarning duch kelgan yerlarga tashlab ketilishi oqibatida aholi punktlari, magistral yo‘l yoqalari, dala maydonlari chetlari va suv havzalari qirg‘oqlarida noqonuniy chiqindixonalar hosil bo‘lishi davom etmoqda. Dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib ulgurgan.  

Shisha butilka 1 million yil, plastik ichimliklar idishlari 450 yil, sut qutilari 5 yil, neylon mato 30-40 yil, charm poyabzal 25-40 yil, apelsin yoki banan qobig‘i 2-5 hafta, qog‘oz sochiq 2-4 hafta muddatda chiriydi.  

2022 yilning 2 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida chiqindilar bilan ishlash tizimi va ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab berilgan hamda O‘zbekistonda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan edi. Shuningdek, 2022 yil 11 avgustdagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Prezident farmoni bilan maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sanitar tozalash korxonalariga qator imtiyozlar taqdim etilgan. Mazkur hujjat bilan 2026 yil 1 yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik sub’ektlari uchun ushbu faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida qo‘llanilishi, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytirilishi belgilab qo‘yilgan. Bunda maxsus avtotransport vositalari va texnikalari baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilishi ko‘zda tutilgan.  

Xo‘sh, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish infratuzilmasini takomillashtirishga doir imtiyozlar samara beryaptimi? Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu preferensiyalar taqdim etilishi turli qiyinchiliklar ta’siridan chiqib keta olmayotgan soha korxonalari uchun ayni muddao bo‘ldi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari raisligida tashkil etilgan tender komissiyalari tomonidan ochiq tenderlarda ishtirok etgan va davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash huquqini qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan barcha tadbirkorlar bir qancha ijtimoiy va iqtisodiy imtiyozlarga ega bo‘ldi. Hujjat ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bir qancha yutuqlarga erishildi. Xususan, 126 ta tuman-shaharlarda xizmat ko‘rsatib kelayotgan xususiy sheriklar – tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 67 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishga tushirildi. Sohada xususiy sektor ulushi 80 foizga yetkazildi hamda xizmat ko‘rsatish bilan qamrov darajasi DXSH loyihalari amalga oshirilgan hududlarda 98 foizga oshdi.  

Xizmat ko‘rsatish hajmi o‘tgan 2021 yilning mos davriga nisbatan 36 foizga ortdi va 66,1 milliard so‘mni, majburiy to‘lovlarni undirish darajasi esa 38 foizga ortib, 50,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlar o‘sishda davom etmoqda. Bugunga qadar 174,3 milliard so‘m xususiy investitsiya mablag‘lari jalb etilgan. DXSH loyihalari doirasida imzolangan bitimlarga muvofiq xususiy sheriklar tomonidan jami 1 ming 261 milliard so‘mlik investitsiya kiritish hisobiga 1 ming 129 ta chiqindi tashish maxsus texnikasi va 7 ming 827 ta chiqindi konteyneri xarid qilish, 1 ming 17 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi, 72 ta qayta yuklash stansiyasi, 60 ta saralash va 49 ta qayta ishlash zavodlarini qurish nazarda tutilgan.  

Sohada xususiy sektor ulushi 80 foizga yetkazilgan. Qayd etish lozimki, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransportlar va texnikalarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.  

2024 yilning 1 yanvarigacha investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida banklarning milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha «2+1» tamoyili asosida kompensatsiyalar taqdim etiladi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtiyozlar samara beryaptimi?