Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida joriy yil 24 iyul kunidan boshlab 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarida bakalavriatning alohida iqtidor talab qilinadigan ta’lim yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Jismoniy madaniyat, musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan imtihonlarning belgilangan talablar asosida adolatli hamda shaffof o‘tishi jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, shu bilan birga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan biriktirilgan vakillar tomonidan nazorat qilinmoqda.  

Abituriyentlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun O‘zbekistonning turli ta’lim muassasalaridan, jumladan, Buxoro, Namangan va Qarshi davlat universitetlari, Shahrisabz, Qo‘qon davlat hamda O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutlaridan tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar biriktirilgan. Ular tomonidan har bir abituriyentning tayyorgarligi odilona baholanib, to‘plagan ballari o‘sha paytning o‘zida ma’lum qilinmoqda.  

–Bugun qizim institutning musiqa ta’limi yo‘nalishida ijodiy imtihon topshirmoqda. Uning shu sohaga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik. Qizim musiqa sirlarini o‘rganib, oliy ma’lumotli bo‘lib, yetuk kadr bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Imtihon jarayonlari qanday o‘tayotganligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilyapmiz, – deydi Qo‘ng‘irot tumanidan kelgan abituriyentning onasi Dilafruz Ayimbetova.  

–Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirdim va bugungi imtihonda o‘zimning jismoniy hamda ruhiy tayyorgarligimni namoyon etishga harakat qildim. O‘tgan yillarda ham oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirib, kira olmagan edim. Bu yil ustozlarimiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, imtihonda ham yaxshi natijalarga erishishga harakat qildim. Imtihon adolatli o‘tyapti. Chunki, barcha abituriyentlarga o‘z natijalari o‘sha paytning o‘zida, hech qanday to‘siqlarsiz ma’lum qilinmoqda, – deydi Qorao‘zak tumanidan Jenisbay Turg‘anbayev.  

Institutda bakalavriatning maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar 29 iyuldan boshlanishi rejalashtirilgan. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 1 avgustgacha davom etadi.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imtihonlar boshlandi