Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Buxoroda ham Prezident maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi va “Yoshlik” sport majmuasi binolarida o‘tkazilgan jarayonlar adolatli, shaffof hamda o‘quvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan holda tashkil etildi.
[gallery-18173]
Birinchi bosqichida o‘quvchilar matematika fanidan 30 ta test yechdi. Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt berildi.
2024/2025 o‘quv yili uchun Buxorodagi Prezident maktabiga jami 2897 ta o‘quvchi hujjati kelib tushgan. 24 ta o‘rin uchun kvota berilgani hisobga olinsa, 1 o‘ringa 120 o‘quvchi da’vogarlik qilmoqda.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA