Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2014-yil investitsiya dasturiga muvofiq, 77 kilometrdan ziyod suv quvurlari ta’mirlanib, 445 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmoqlari yotqizildi. To‘rtta quduq qazilib, 39 zamonaviy nasos stansiyasi qurildi. Natijada 29 mingga yaqin aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi yaxshilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2014-yil investitsiya dasturiga muvofiq, 77 kilometrdan ziyod suv quvurlari ta’mirlanib, 445 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmoqlari yotqizildi. To‘rtta quduq qazilib, 39 zamonaviy nasos stansiyasi qurildi. Natijada 29 mingga yaqin aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi yaxshilandi.Prezidentimiz rahnamoligida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, ushbu yo‘nalishdagi investitsiya dasturlari suv tarmoqlarini ta’mirlash, qayta tiklash va yangitdan barpo etishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Shumanay tumanida BMTning Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida 65 million 240 ming so‘mlik grant asosida Davlatboy va Sultash ovullariga yangi suv tarmoqlari tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
– Ayniqsa, olis ovullarda yashayotgan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Shumanay tumani qishloq xo‘jaligi suv tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i Mirzaboy Qutlimuratov. – Jumladan, “Begjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Berdiboy va Ko‘ksuv ovullariga suv yetkazib beruvchi nasos stansiyasida 735 million so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgach, 166 xonadon uchun suv ta’minoti yaxshilandi. Olis hududlarda ichimlik suv muammosini hal etish maqsadida to‘rtta traktor va bitta maxsus avtomashinadan foydalanilmoqda.
Bunday ezgu ishlar 2015-yilda ham izchil davom ettiriladi. 90 kilometr masofaga yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi. Bu 2 mingdan ziyod xonadonga toza ichimlik suvi yetib boradi, demakdir. Kegeyli tumanining “Kegeyli” aholi punktida 3,8 kilometr, “Xalqobod” aholi punktida esa 2,6 kilometr masofaga quvur tortilib, aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabi qondiriladi.