Imkoniyatlar va infratuzilma salohiyati örganildi
Mamlakatimizda taşqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantiriş, eksport-import operatsiyalarini soddalaştiriş, çegara bojxona postlarida zamonaviy xizmat körsatiş tizimini şakllantiriş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, çegara hududlarida bojxona infratuzilmasini takomillaştiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş hamda tadbirkorlar va fuqarolar uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Bojxona qömitasi Raisi A. Mavlonov, Transport vaziri I. Mahkamov, Avtomobil yöllari qömitasi raisi J. Tursunov hamda “Özsuvtaʼminot” AJ raisi A. Suvonqulovlar Özbekiston-Turkmaniston davlat çegarasida joylaşgan Buxoro viloyati “Olot” çegara bojxona postida bölişib, uning faoliyati, mavjud infratuzilmasi va xizmat körsatiş imkoniyatlari bilan tanişişdi.
Örganiş davomida postning bugungi salohiyati, çegaradan ötuvçi transport vositalari va yuklar oqimiga xizmat körsatiş imkoniyatlari, bojxona nazorati jarayonlarining samaradorligini oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan bojxona sohasini raqamlaştiriş, çegara ötkaziş punktlarini modernizatsiya qiliş, taşqi savdo iştirokçilari uçun ortiqça maʼmuriy tösiqlarni bartaraf etiş va zamonaviy logistika tizimini rivojlantiriş böyiça ilgari surilayotgan taşabbuslar bu borada muhim dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Zero, çegara bojxona postlari faoliyatining samaradorligi nafaqat davlat çegarasi xavfsizligini taʼminlaş, balki mamlakatimizning savdo-iqtisodiy salohiyatini oşiriş, eksport imkoniyatlarini kengaytiriş va tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Örganiş yakunida post faoliyatini yanada takomillaştiriş, mavjud infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri