Joriy yilning 14 fevral kuni Prezidentimiz yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi videoselektor yig‘ilishida Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati, ularning ta’lim olishi, ilm-fan va innovatsiyalar borasidagi yutuqlari va huquqlarining davlat tomonidan himoyalanishi kabi masalalar yuzasidan mulohazalar bildirdi.

Davlat rahbari tomonidan yoshlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish, xalqaro maydonda dunyoning yetakchi davlatlari yoshlari qatorida tura oladigan kadrlar safini kengaytirish borasida fikrlar bildirilib, tegishli takliflar ilgari surildi. Shuningdek, mamlakatimizda keng quloch olayotgan “Bir million dasturchi” loyihasining kengaytirilishi, sun’iy intellekt bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyatining yaratilishi va xalqaro darajadagi IT loyihalarning amalga oshirilishi mamlakatimiz salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yoshlarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng miqyosda yo‘naltirish borasida rejalashtirilgan ishlar kelajakda mamlakat milliy iqtisodiyotining ilmiy-texnologik jihatdan mustahkamlanishiga xizmat qiladi. O‘tgan yili 25000 nafar qiz IT sohasida bepul o‘qitilgan bo‘lsa, joriy yilda dasturchi qizlar soni ikki barobarga oshirilishi rejalashtirildi, ming nafar iqtidorli qizlarning IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanishi ta’kidlandi. Yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar va ma’naviy immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar belgilab berildi. 

Yurtboshimizning yoshlarga qarata: “Yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi” deya ta’kidlanishi yoshlarga bildirilayotgan ishonchning oliy namunasi, desak, xato bo‘lmaydi. Darhaqiqat, zamonning shiddat bilan rivojlanib, taraqqiy etishi barobarida qator global muammolar, mafkuraviy tahdidlar kuzatilyaptiki, ular har birimizni hushyor bo‘lishga chorlaydi. 

Uchrashuvda ilgari surilgan muhim tamoyillardan yana biri og‘ir, jinoyat ko‘chasiga bilib-bilmay kirib qolgan yoshlar bilan ishlash tizimiga izchillik bilan yondashgan holda, bunday toifadagi yoshlarga boshqa tengdoshlari qatorida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kerakligi ta’kidlandi. Ushbu tizim ishga tushirilishi natijasida qariyb bir millionga yaqin jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy muammolari hal qilingani, 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va o‘z hududidagi mahalliy rahbarlarga biriktirilishi haqidagi Prezidentimizning ta’kidlari alohida e’tirofga loyiq.

Yoshlarning intellektual salohiyatlarini oshirish,  xalqaro fan olimpiadalarida O‘zbekiston yoshlari ishtirokini kengaytirish, yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlarida tahsil olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, qo‘llab-quvvatlash masalasi ham ilgari surildi. Shu kabi imkoniyatlardan foydalanib, qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan, o‘z maqsadiga erishish yo‘lida dadil qadam tashlayotgan yoshlar fikrlari tinglanib, ularga yuksak ishonch bildirilishi ham har bir yurtdoshimizda buyuk kelajakdan umidvorlik kayfiyatini paydo qilishi shubhasiz.

Videoselektorda ta’kidlangan til o‘rganishni rag‘batlantirish masalasi, ayniqsa, diqqatga sazovor. Xorijiy tillarni bilish darajasidan C1 sertifikatiga ega yoshlar respublikaning olis va chekka hududlarida chet tillarni o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochsa, shuningdek, til o‘rganishni rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida til o‘rganayotgan yoshlarning xarajatlari “2+6” shaklida qoplab berilishi haqidagi xushxabar ham ko‘pchilikni quvontirdi. 

Dunyoda yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llaydigan maxsus inkubator markazlari mavjud, O‘zbekistonda bunday tizimni butun mamlakatda keng yo‘lga qo‘yish, ularning g‘oyalari maxsus “yoshlar biznes inkubatori”da 6 oydan 3 yilgacha qo‘llab-quvvatlanishi, startaplari to‘liq shakllangan biznesga aylantirilishi davlat rahbari tomonidan belgilab berildi. Dunyoning eng ilg‘or mamlakatlarida ham yoshlar uchun bunday imtiyozli kreditlar, maxsus inkubatorlar, davlat sarmoyasi va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash tizimi mavjud emas. 

Olim Rahimov,

 Buxoro davlat pedagogika instituti 

prorektori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha 

falsafa doktori (PhD), dotsent. 

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imkoniyat yaratildi, foydalanish yoshlarning zimmasida