Imkoniyat, mahorat va muvaffaqiyat
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Amet baxshi nomidagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida 500 dan ziyod o‘quvchi tasviriy va amaliy san’at, teatr san’ati, fortepyano, baxshichilik, xalq cholg‘ulari, torli cholg‘ular, estrada ijrochiligi, akademik vokal ijrochiligi, xoreografiya, damli cholg‘ular, estrada cholg‘ulari kabi 12 ta yo‘nalishda mahorat oshirmoqda.
Ta’lim dargohida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish uchun barcha sharoit yaratilgan. To‘garak xonalari zarur jihoz va musiqa asbob-uskunalari bilan to‘liq ta’minlangan.
[gallery-14950]
Ushbu sharoit va keng imkoniyatlar samarasi maktab o‘quvchilari mamlakat miqyosidagi hamda xalqaro tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2022/2023 o‘quv yilida Muyassar Xudoybergenova, Merey Baxtiboyev, Ashirbek Qoziboyev, Uldanoy Ilyosova, Baxtiyor Kenesboyev, Mexribonu Murotboyeva, Saida Jumaniyozova kabi iqtidorli o‘quvchilar respublika va xalqaro tanlovlar g‘olib va sovrindorlari qatoridan joy oldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OmHhrV7-Ma0" title="Имконият, маҳорат ва муваффақият" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA