Imkoniyat izlanishga undaydi
Prezidentimizning 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisdiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida foydalanilmay bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektlarini tadbirkorlik yo‘nalishida samarali ishlatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2015-yil 28-apreldagi “Iqtisdiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Surxondaryo viloyatida foydalanilmay bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan davlat mulki obyektlarini tadbirkorlik yo‘nalishida samarali ishlatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.- Biz 1 milliard 150 million so‘mlik investitsiya kiritish sharti bilan bo‘sh turgan binoni “nol” qiymatda olib, ish boshladik, - deydi Termiz shahridagi “Kamazul Saydil” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sobir Mamatraimov. - Dastlab, poyafzal ishlab chiqarish bilan ish boshlagan bo‘lsak, hozir 50 dan ortiq turdagi mahsulot tayyorlanmoqda.
Shuningdek, mebel jihozlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirdik, tikuvchilik sexi va avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydik. 60 ishchi-xodimning aksariyati kollejlarni bitirgan yoshlardir.