Imkoniyat bor joyda natija bor (+video)
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib kelayotgan yoshlarga ko‘maklashishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimizdan biri - Otabek Jumaqulov. U Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Gulobod mahallasida yashaydi.
Qahramonimiz bugun o‘z tashabbusi va intilishi orqali yoshlarga yangi imkoniyatlarini taqdim etayotgan yoshlardan biri hisoblanadi.
U mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Ko‘mak” loyihasi orqali ssuda olib, o‘z mahallasida “Smart Nest Centre” o‘quv markazini tashkil etdi.
Bugungi kunda ushbu markazda 400 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olib, o‘z kelajagi sari muhim qadam tashlamoqda. Eng asosiysi, mahalladagi yoshlar uchun zamonaviy va sifatli ta’lim olish imkoniyati o‘z hududining o‘zida yaratilgan.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/m3GqPhxyg-8" title="Imkoniyat bor joyda natija bor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov(montaj), O‘zA