Ilon Mask Rossiyada “Tesla” zavodini quradi
“REGNUM” xabariga ko‘ra, Orlov viloyati gubernatori Andrey Klichkov Ilon Maskka viloyatda zavod qurishni taklif qilgan.
Gubernator maslahatchisi Andrey Lejnyov o‘z telegram-kanalida ma’lum qilishicha, “Orlov viloyatida “Tesla”ning Rossiya bozoriga kirishi uchun qulay muhit bor, bunda logistika, mehnat resurslari, infratizim, sanoat an’analari, investitsiya imkoniyatlari yuqori”. Shuning uchun gubernator Maskka bunday taklif bilan chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni Ilon Mask Rossiyadagi imkoniyatlar haqida gapirib, bu yerda “Tesla” zavodini qurish niyati borligini aytgandi.