Texnologiya olamining mashhur tadbirkori Ilon Mask “Vikipediya”ga raqib bo‘lishi kutilayotgan “Grokipediya” nomli yangi onlayn ensiklopediyani taqdim etdi. Mask ushbu loyiha haqida o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida e’lon qildi. Unga ko‘ra, beta-versiya ikki hafta ichida ishga tushadi.

“Grokipediya” — Grok sun’iy intellekt platformasi asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga erkin, senzurasiz kontent taqdim etishni maqsad qiladi. Mask bu ensiklopediyani “mavjud alternativalardan ancha yaxshi” deb ta’rifladi.  

Ilon Mask avvalroq Vikipediya asoschilarini siyosiy tarafkashlikda ayblab, hatto uni “Dickipedia” deb nomlash uchun 1 milliard dollar taklif qilgan edi.  

Yangi platforma “haqiqat ensiklopediyasi” bo‘lishni ko‘zlaydi — ya’ni, sun’iy intellekt yordamida matnlar faktologik tahlil qilinadi, ularning to‘g‘riligi baholanadi va “to‘g‘ri”, “qisman to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” belgisi bilan belgilanishi mumkin bo‘ladi.  

Ayni paytda, “Grokipediya” qanday ishlashi, uni kimlar tahrirlay olishi va kontent siyosati qanday bo‘lishi borasida to‘liq tafsilotlar ochiqlanmagan.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zAjwONLNi0U?si=FVKeKy8AJsJqF9n1" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilon Mask “Grokipediya” – Vikipediyaga muqobil platformani e’lon qildi