O‘zbek xalqi tarixi sahifalarini varaqlasangiz buyuk shaxslar ko‘p bo‘lganiga amin bo‘lasiz. Xususan, To‘xtamishxon, O‘zbekxon, Amir Temur, Abulxayrxon, Muhammad Shayboniyxon, Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Abdullaxon 11, Ubaydullaxon va boshqalar xususida faxr va iftixor bilan so‘zlash mumkin.

Bu zotlar  orasida  yana bir ulug‘ shaxs borki, u haqda alohida to‘xtalish joizdir. Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug‘bek Ko‘ragoniy  – Amir Temurning suyukli nabirasi, yurtimiz ilm-fani rivojida  katta iz qoldirgan buyuk insonlardan biridir.

Bu yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topganiga 630 yil bo‘ldi. Shu qutlug‘ sana munosabati bilan ulug‘ ajdodimizning hayot va ijod yo‘li, ulkan zafarlari va fojialari haqida mulohaza yuritmoqni ma’qul ko‘rdik.

Mirzo Ulug‘bek 1394 yilda Ozarbayjonning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. Unga yaxshi niyatlar bilan  Muhammad Tarag‘ay deya ism qo‘yishadi. Otasi Shohruh Mirzo Sohibqiron Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li edi.

Bobosi Amir Temur nabirasiga yoshligidanoq katta ishonch bildiradi. Uni turmush o‘rtog‘i Bibixonim tarbiyasiga beradi. Va natijada Ulug‘bek har jihatdan bilimli, yuksak salohiyatli, botir va g‘ayratli inson bo‘lib yetshadi. U arab va fors tillarini mukammal o‘zlashtirdi. Tabiatshunoslik, matematika, geometriya, geografiya, kimyo va astronomiyaga oid bilimlarni chuqur egalladi. 20 yoshida u o‘z davrining yirik olimlaridan biriga aylandi. Adabiyot va san’atni sevdi, hatto she’riy asarlar ham yaratdi.

Qiziq tomoni shundaki, munajjimlar Mirzo Ulug‘bek kelajakda yirik hukmdor va katta olim bo‘lishini bashorat qiladilar. Keyinchalik ularning bashorat haqiqatga aylandi. Ulug‘bek dunyoga dong‘i ketgan olim va tadbirli, dono hukmdor sifatida mashhur bo‘ldi.

Endigina o‘n yetti yoshga qadam qo‘ygan  yigit  Butun Movarounnahr va Turkistonning hukmdori bo‘lganligi ham uning qanchalik kamolotga yetgan, iqtidorli va har jihatdan munosib shaxs ekanidan dalolat beradi.

Mirzo Ulug‘bek ulug‘ hukmdor sifatida Samarqand shahrini obod qilish yo‘lida g‘ayratu shijoat ko‘rsatdi. Bu yerda ko‘plab madrasa va boshqa imoratlar qurdi. Samarqand ilm-fan o‘choqlardan biriga aylandi. Ulug‘bek o‘z atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirib, katta ilmiy maktabga asos soldi. Ilm-fan kishilari, shoir-u adiblarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi.

Arminiy Vamberining “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi” kitobida qayd etilishicha, Ulug‘bek nafaqat ilmi hay’at bilan riyoziyotga (matematika va astronomiya) emas, balki boshqa fan va ilmlarga ham berildi. Shoirlar, olimlar mamlakatning har tarafidan kela boshladilar. Ayrim olimlar yoxud rassomlarni o‘ziga jalb etmoq uchun ota-bola orasida, hatto ba’zan raqobat paydo bo‘lardi. Ulug‘bekning hukumati zamonasini ulug‘ somoniylar davri bilan qiyoslash mumkin. Faqat afsuski, bu ahvol Shohruh Mirzoning vafotiga qadar davom etdi. 850 (1447) sanada u vafot qilgandan keyin O‘rta Osiyoning xiyla muddat ochiq va sof osmonini quyuq va qora bulutlar qopladi. Amir Temur avlodlari o‘rtasida toju taxt uchun shiddatli janglar, ayovsiz kurashlar avjiga chiqdi. Tinchlik tufayli yaralgan sulh va saodatning noyob samaralari o‘zaro qonli urushlar tufayli barbod bo‘ldi.

Ulug‘bek to‘ng‘ich o‘g‘illigi bois otasi Shohruhning  butun mulkiga o‘zini voris hisoblab, Xurosonga borish uchun yo‘lga chiqadi. Lekin yo‘lda jiyani Boysunqur Mirzoning  o‘g‘li Alouddavla  Hirotni zabt etib, o‘g‘li Abdulatifni asir olgani haqidagi xabarni eshitdi. Marhamatli Ulug‘bek farzandining  hayot-mamotini o‘z qo‘lida tutgan dushman bilan urishishni xohlamadi. Abdulatifni ozod qilish, uning askarlarini va xazinalarini olish-berish sharti bilan sulh tuzishga ko‘ndi. Alouddavla shartning birinchi qismini bajarsa-da, askarlarning ko‘pchiligini qatl ettirdi va xazinani qaytarish haqida gaplashishni istamadi. Shu bois, Ulug‘bek urush ochishga majbur bo‘ldi. Har ikki taraf juda kuchli sur’atda jangga tayyorlandi. Alouddavla Shohruh ellik yil mobaynida to‘plagan xazinaning katta bir qismini o‘rtaga qo‘ydi va askar to‘pladi. Ulug‘bek masalani urushsiz hal etishga har qancha intilsa-da, biror natijaga erishmadi. Hirotdan to‘rt mil naridagi yerda, Tarnob degan joyda urush bo‘ldi. Ulug‘bek tantana bilan g‘alaba qozondi.

Mirzo Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdulatif negadir otasiga vafo qilmadi. Isyon ko‘tardi. Otasiga qarshi yurish qilishdan ham toymadi. Uzoqni ko‘ra bilgan va nihoyatda aqlli Mirzo Ulug‘bek o‘g‘liga taslim bo‘ldi.

Ulug‘ olim va astronom kelajak avlodlarga ko‘plab ilmiy asarlar qoldirdi. Uning asarlari XV asr ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi. Ayniqsa, uning “To‘rt ulus tarixi”, ”Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, “Ziji Ulug‘bek”, “Risolai Ulug‘bek” singari nodir kitoblari hamon olimlar-u bilimga chanqoq insonlarni hayratda qoldirmoqda.

Taniqli shoir va tarixiy asarlar muallifi Xurshid Davronning   ta’kidlashicha, Mirzo Ulug‘bek bolaligidan zakovat va farosat sohibi bo‘lib, ko‘p bilimlarni egallab, ustozlarini  benihoya hurmat qiluvchi, ustozlari ham uni sevguvchi edilar. Ulug‘bek Mirzoga Amir Temur Rum mulkidan olib kelgan donishmand saboq bergan. Rumlik donishmandning bir odati bor ekan:  saboq berish davomida boshini engashtirib, yerga qarab o‘tirar ekan. Agar shogirdi biror jumlani yanglish o‘qisa, yo boshqa bir xatoga yo‘l qo‘ysa, boshini ko‘tarib, unga qarab qo‘yar ekan. Bir kuni Mirzo Ulug‘bek ustozi oldida bir kitob o‘qir edi. Kitobda bo‘lgan: “Uddasidan chiqmagan narsangizni nega va’da qilasiz?” degan jumlani o‘qigach, ustozi boshini ko‘tarib, unga bir qarab qo‘yibdi. Ulug‘bek Mirzo: “Ehtimol, yanglish o‘qigan bo‘lsam kerak” deb jumlani diqqat bilan qaytadan o‘qibdi. Ammo ustozi bu gal ham boshini ko‘tarib unga qarabdi. Mirzo Ulug‘bek saboqdan keyin bobosi yoniga kelib:

– Bobojon, ustozimga biror narsa va’da qilgan bo‘lsangiz, darhol va’dangizga vafo qiling, – deb bo‘lgan voqeani Sohibqiron bobosiga aytib beribdi. Amir Temur nabirasining hikoyasini eshitib:

– Ustozing mendan Rumda qolib ketgan kutubxonasini  olib kelishga odam yuborishimni so‘rab, bu kitoblar menga emas, nabirangizga kerakdur, deb iltimosini bayon qilgan edi. Men odam yuborishga va’da qilgan edim, ammo esimdan chiqibdi, – debdi nabirasining zukkoligidan mamnun bo‘lib. So‘ng rumlik donishmandga bergan va’dasini darhol bajo keltirishga kirishgan ekan.

Mirzo Ulug‘bekning donolgi, ulug‘ligi xususida yana ko‘plab misollar, qiziqarli rivoyatlar, ibratli hikoyatlar  keltirish mumkin.

1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdiradi. U Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikki madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan. Bu hikmatli so‘zlar bugungi yoshlar uchun ham nihoyatda qimmatli, tarbiyaviy ahamiyatga ega  ekanligi sir emas. 

Samarqandga borgan kishi Ulug‘bek rasadxonasini ham ko‘rmasdan qaytmasligi tayin. Rasadxona – Samarqand shahrining eng diqqatga sazovor obidalaridan biri, 15 asr me’morchiligining nodir namunasi. U 1428-1429 yillarda Ulug‘bek farmoyishi bilan Cho‘ponota tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida yozilishicha, mazkur rasadxona balandligi 30, 4 metrdan iborat 3 qavatli binodir. Uning ichiga o‘rnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlikda o‘rganilgan. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra rasadxonada kutubxona, Samarqand astronomlari tomonidan yasalgan dunyodagi ikkinchi globus bo‘lgan.

Bugun ham Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa va boshqa tarixiy yodgorliklar, salobatini ko‘z-ko‘z qilib turgan binolar hamon millionlab sayyohlarni o‘z bag‘riga chorlamoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomi  millionlab kishilarning diqqat-e’tiborida. Uning muborak nomi abadiylashtirilgani, u haqda badiiy va san’at asarlari yaratilgani, hozirgi yoshlar ulardan bahramand bo‘layotgani fikrimiz dalilidir.

Mashhur yozuvchi Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romani, taniqli shoir Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” pesasi, o‘zbek kinosining “oltin fondi”dan o‘rin olgan “Ulug‘bek yulduzi” badiiy filmi buyuk alloma hayoti  va ijodiga bag‘ishlangan.

Poytaxtimiz tumanlaridan biriga, O‘zbekiston Milliy universitetiga, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutiga, metro bekatlaridan biriga buyuk davlat arbobi va astronom-olim nomi berilgani xalqimizning Mirzo Ulug‘bek dahosiga yuksak ehtirom hamda hurmatining yorqin namunasidir.

Jovli XUSHBOQOV,

O‘zA sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmni farz bilgan buyuk alloma