FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhasida xotin-qizlarning faolligini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu yo‘lda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 960 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan 540 ming 387 nafar o‘quvchining 266 ming 398 nafarini qizlar tashkil qiladi. Bundan tashqari viloyatdagi professional ta’limga tayyorlovchi ta’lim muassasalariga 5 ming 359 nafar qizlar qamrab olingan.  

[gallery-14229]

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 74 ming 856 nafar talabaning 41 ming 171 nafarini xotin-qizlar tashkil qilmoqda. Bu 41 mingdan ortiq oilalarga o‘qimishli opa-singillarimiz orqali ziyo kirib boradi, deganidir. Oliy ta’limda o‘qish uchun xotin-qizlarga alohida kvotalar ajratilgani, shuningdek, magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarga shartnoma pullari davlat tomonidan to‘lab berilayotgani quvonarli.  

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivali yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.  

Surxondaryo viloyatida ham ushbu festival yuqori saviyada tashkil etildi. Festival doirasida “Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi”, “Yurt taraqqiyotiga mening hissam”, “Mening birinchi yutug‘im” mavzularida fleshmob va chellenjlar, “Bilim olib erishgan birinchi yutug‘im” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quvchi qizlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida “Ilm - saodat kaliti”, “Bitta qiz bolani o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitgan bo‘lasiz”, “Ayol ilmli bo‘lsa, kelajak avlod bilimli bo‘ladi”, “Sog‘lom ona, sog‘lom bola va sog‘lom oila” mavzularida davra suhbatlari, “Bilimdon qizlar” viktorinasi, “Zamonaviy xotin-qizlar libosi” mavzusida milliy liboslar namoyishi, “Men tashabbuskor, lider ayol bo‘lmoqchiman!” mavzusida rahbar va lider ayollar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.  

“Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli”  ko‘rik-tanlovi ham turli sohada faoliyat yuritayotgan va tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun o‘z salohiyatini namoyon etishga katta maydon yaratdi. Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi  Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib o‘tdi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi