Samarqandda “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” festivali o‘tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan olimalar ishtirok etgan anjumanda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva videoaloqa orqali tadbir qatnashchilariga murojaat etib, jamiyat rivojida ta’limning, ayniqsa, xotin-qizlarning ilm olishi ahamiyati, olimalarning sohadagi rolini oshirish masalalariga to‘xtaldi.    

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.  

2021-2022 o‘quv yilida oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-2023 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etmoqda. Magistraturadagi xotin-qizlar bundan ikki yil avvalgiga nisbatan 51 foizdan 55,8 foizgacha o‘sdi.  

2022 yilda sohalar kesimida talaba qizlar ulushi gumanitar sohada 64 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minotda 48 foiz, xizmat ko‘rsatish sohasida 34 ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohada 16 foizni, ishlab chiqarish-texnika sohasida 8,8 foiz, qishloq va suv xo‘jaligida 13 foizni tashkil etdi. Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan va ta’lim olayotgan 12300 nafar xotin-qizga shartnoma mablag‘larining 50 foizini qoplab berish uchun davlat budjetidan 68,298 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

[gallery-11850]

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari byudjeti mablag‘lari hisobidan ota-onasidan yoki ulardan biridan ayrilgan 1431 nafar qizlarga, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayollarga to‘lov-shartnoma puli to‘lab berildi.

Moliyaviy barqaror oliy ta’lim muassasalari tomonidan 1044 nafar talaba, jumladan, 396 nafar qizga byudjetdan tashqari jamg‘arma hisobidan to‘lov-shartnoma malga oshirildi.

Oliy Majlis Senati a’zolari- Rustam Xolmurodov, Farmon Toshev, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova, pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova ayolning ta’lim olishi jamiyat uchun muhimligini misollar yordamida ta’kidlab o‘tishdi.  

- Keyingi yillarda bizda 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar orasida ilmiy daraja olayotganlar soni ortyapti, - deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Injayim Seyitnazarova. – Bugun Qoraqalpog‘istondagi 10 ta oliy ta’lim muassasasida xotin-qizlar orasida 40 nafarga yaqin fan doktori, 250 nafar fan nomzodi faoliyat olib boradi.  Ta’lim olayotgan talabalarning 50 foizi xotin-qizlardir. Qizlarning oliy ta’lim tizimida tahsil olishga bo‘lgan ishtiyoqi davlat tomonidan berilayotgan qator imtiyozlar tufayli ortib borayotir.  

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bir guruh olimalarga faxriy yorliq topshirildi. Ta’lim tizimidagi yutuq va kamchiliklar, oiladagi muammolarning oldini olishda olimalarning yondashuvlari, qizlarning oliy ma’lumotli bo‘lishi farzandiga bilim berishi uchun ham ahamiyatli ekanligi qayta-qayta ta’kidlandi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi