Ilm-fan yurtimizdagi intellektual rivojlanishning asosiy omili bo‘lib, iqtisodiyotning modernizatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ilm-fanni targ‘ib qilish va ilmiy salohiyatni oshirish uchun, avvalo, ilmiy tadqiqotlarni samarali tashkil etish, zamonaviy usullarni qo‘llash hamda yosh olimlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu jarayonda ilmiy maqolalar dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ilmiy maqolalar olimlarga o‘z tadqiqotlarini ilmiy jamoatchilikka tanitish, bilim almashish va ilmiy muhitga hissa qo‘shish imkonini beradi. Ularni xalqaro bazalarda nashr etish esa yurtimiz olimlarining ilmiy yutuqlari va izlanishlarini global miqyosda tarqatish, mamlakat ilm-fanining xalqaro nufuzini oshirish hamda ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu maqsadda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik markazning Ilmiy tahririyat va noshirlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida doktorantlar, tadqiqotchilar hamda magistrlar uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Ilmiy maqolaning ahamiyati nimada?

Seminarda boshqarma boshlig‘i Hilola Saloyeva “Ilmiy maqola turlari va uning kompozitsion tuzilishi” mavzusida zaruriy ma’lumotlar taqdim etdi: 

– Globalizatsiya davrida ilm-fanni rivojlantirish va ommalashtirish, ilmiy muammolarni hal qilish, ilmiy doiralar o‘rtasida aloqa o‘rnatish hamda axborotning erkin tarqalishi va almashinuvini ta’minlash dolzarb masalaga aylangan. Ilmiy maqola ilmiy muloqotning muhim elementi bo‘lib, u tadqiqot natijalarini targ‘ib qilish, olimlarning intellektual hamkorligini mustahkamlash va yangi bilimlarni o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, dunyoda turli fan yo‘nalishlariga oid ilmiy tadqiqotlar va loyihalar sonining ortib borishi ularning asosiy natijalarini ilmiy maqola shaklida nashr etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bu esa ilmiy maqolani chuqur o‘rganish, uni ilmmetriya ob’ekti sifatida tahlil qilish hamda kommunikativ effektini oshirishni taqozo etadi.

Shuningdek, Hilola Saloyeva ilmiy maqola turlari, ularning farqli jihatlari xususida ham batafsil to‘xtalib, “Ba’zi tadqiqotchilar ilmiy maqolani ilmiy-tahliliy maqola ko‘rinishida rasmiylashtirishadi. Ilmiy-tahliliy maqolalar esa ilmiy maqolalardan sezilarli farq qiladi. Ushbu turdagi maqolalar jurnalistlar, soha mutaxassislari yoki tadqiqotchilar tomonidan yozilib, ilm-fandagi muammolar yoki dolzarb masalalar ilmiy-ommabop (!) uslubda keng ommaga tushunarli tarzda tahlil etiladi. Bunday maqolalarda muammolarning yechimlari, muallifning xulosalari va tavsiyalari aniq bayon etiladi. Matnda qo‘llanadigan atamalar esa sodda va tushunarli bo‘ladi”, – deb izoh berdi. 

ResearchGate.com yoki academia.edu – olimlarimizga foydalimi?

Ilm ahli orasida “elektron kutubxona” yoki “ilmiy ma’lumotlar bazalari” haqida ko‘p gapiriladi. Bunday platformalar orqali ilmiy maqolalar, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari, patentlar, konferensiya materiallari, kitoblar va boshqa ilmiy manbalarni topish mumkin. Tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va talabalar uchun yuqori sifatli ilmiy ma’lumotlar izlashda bunday platformalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminarda boshqarma yetakchi mutaxassisi Sardorbek Saloiddinov ResearchGate.com va Academia.edu kabi ilmiy ma’lumotlar bazalarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi:

– ResearchGate – olimlar va tadqiqotchilar uchun ixtisoslashgan ilmiy ijtimoiy tarmoq bo‘lib, unda ilmiy maqolalar almashish, hamkorlik qilish va ilmiy muhokamalar olib borish mumkin. Platforma tadqiqotchilarga o‘z ishlarini yuklash, maqolalar bo‘yicha savollar berish va hamkasblar bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Uning asosiy maqsadi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va tadqiqot natijalarini keng auditoriyaga yetkazishdir.

Academia.edu ham olimlar va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy platforma bo‘lib, unda ilmiy maqolalar almashish, tadqiqotlarni targ‘ib qilish va boshqa tadqiqotchilar bilan hamkorlik qilish mumkin. Ushbu platformadan foydalanishning asosiy afzalliklari – tadqiqotlarni keng auditoriyaga yetkazish, ilmiy maqolalar va materiallar topish, akademik hamjamiyat bilan bog‘lanish hamda ilmiy faoliyat statistikasi bilan tanishish mumkin.

Scopus’da bepul maqola chiqarish mumkin! Faqat…

“Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda olimlarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etishi muhim ahamiyatga ega, – deydi boshqarma bosh mutaxassisi Normat Durdiyev. 

Seminarda Scopus ma’lumotlar bazasi, h-index (Xirsh indeksi) tushunchasi va ushbu ko‘rsatkichni oshirish usullari haqida ham ma’lumot berildi. Aslida, Scopus ro‘yxatiga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etish bepul bo‘lib, faqat nashr jarayoni uzoq davom etishi mumkin.

H-index muallifning ilmiy maqolalariga asoslangan iqtiboslar sonini hisoblash mezoni hisoblanadi. U quyidagicha aniqlanadi:

Agar bir olimning h-index ko‘rsatkichi 17 bo‘lsa, demak, u kamida 17 ta ilmiy maqola chop etgan va har bir maqolasi kamida 17 marotaba boshqa olimlar tomonidan iqtibos qilingan bo‘lishi lozim. Bu ko‘rsatkich olimning ilmiy faoliyati va maqolalarining ta’sir kuchini baholash uchun muhimdir.

Xorijiy mamlakatlarda universitet o‘qituvchilari va olimlar lavozimlarga h-index ko‘rsatkichiga qarab tanlanadi. Xalqaro loyihalarda ishtirok etish uchun ham yuqori h-index zarur, chunki bu olimning ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinishini aks ettiradi. O‘zbekistonda fundamental loyihalarni topshirish uchun loyiha rahbarining h-index ko‘rsatkichi kamida 3 bo‘lishi talab etiladi.

H-index’ni hisoblash tartibi 

Misol tariqasida, yosh falsafa doktori Scopus bazasida 6 ta maqola chop etgan bo‘lsin:

1-maqolaga 10 ta iqtibos;

2-maqolaga 7 ta iqtibos;

3-maqolaga 7 ta iqtibos;

4-maqolaga 7 ta iqtibos;

5-maqolaga 1 ta iqtibos;

6-maqolaga iqtibos yo‘q.

Ushbu holatda h-index 2 ga teng bo‘ladi, chunki kamida 2 ta maqola 2 yoki undan ortiq iqtibosga ega. Agar 3- yoki 4-maqolaga 3 ta iqtibos qilinganda, h-index 3 bo‘lgan bo‘lar edi. Maksimal darajada esa bu olim faqat 6 h-index’ga erishishi mumkin.

H-index’ni aniqlash usullari

H-index quyidagi to‘rtta ma’lumotlar bazasi orqali aniqlanadi:

1) Scopus (scopus.com) – dunyo bo‘yicha eng ko‘p tan olingan manba;

2) Web of Science (webofknowledge.com);

3) Google Scholar (scholar.google.com);

4) RINS (e-library.ru).

Ilmiy maqolalar ilm-fan taraqqiyotida muhim o‘rin tutib, bilimni tarqatish va rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ilmiy jamoatchilik faoliyati esa jamiyat taraqqiyoti va innovatsion ishlanmalar yaratishda keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Sevara ABDULLAEVA, jurnalist

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy maqola, ilmiy bazalar... h-index qanday hisoblanadi?