"Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish" mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi (+video)
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan joriy yilning 17-21 fevral kunlari oliy ta’lim muassalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘limlari xodimlari uchun "Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish" mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi.
Ushbu seminar-treningda 5 kun davomida ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etish, mavjud muammolar, samarali tijoratlashtirish, texnologiyalar transferini amalga oshirish jarayonlari o‘rganildi. Shu bilan birga xalqaro tajriba, muvaffaqiyatli loyihalar va sohalardagi dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan ham muhokamalar amalga oshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/f0YzFK8OSz0" title=""Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish" mavzusidagi seminar-trening" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev O‘zA