Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor- o‘qituvchilari hamkorligida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Oliy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan ishtirokchilarga ilmiy daraja berish tartibi, ilmiy maqolalarni tayyorlash bo‘yicha tushuntirish berildi.  

Ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki talablarga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga berilishi, dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanishi kabi masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Shuningdek, talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilashi hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanishi, Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazishga oid qonun hujjatlarida belgilangan talablarni to‘liq bajargan, jumladan ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon (imtihonlar)ni topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.  

Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bo‘yicha mutasaddilardan javob oldi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy daraja berish tartibi tushuntirildi