Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida “Gemodializ va gemotransfuziya olayotgan bemorlar orasida parenteral virusli gepatitlarning tashxisoti va davosi” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv- seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarning asosiy maqsadi – parenteral virusli gepatitlar, xususan V va S gepatiti kabi xavfli kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash va oldini olish bo‘yicha tibbiyot xodimlarining nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, gemodializ va qon quyish (gemotransfuziya) muolajalarini olayotgan bemorlar orasida ushbu kasalliklarning tarqalishini cheklash maqsadida xalqaro tajribalar asosidagi yondashuvlar muhokama qilindi.

Seminarda yetakchi mutaxassislar, yuqumli kasalliklar shifokorlari, laboratoriya va epidemiologik xizmat vakillari ishtirok etib, virusli gepatitlarning zamonaviy tashxis usullari, klinik ko‘rinishlari, davo protokollari va profilaktika choralari haqida batafsil ma’lumotlar berishdi.

– Bu kabi seminarlar juda muhim. Chunki so‘nggi vaqtlarda aholi orasida gepatit V va S infeksiyalari birmuncha ko‘paygan. Ularning oldini olish va profilaktika qilishda tibbiyot xodimlarining hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega, – deydi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor E’tibor Egamova.

Tadbir doirasida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Qatnashchilar gepatit viruslarini aniqlashda qo‘llaniladigan PSR, IFA va boshqa zamonaviy laboratoriya usullarini o‘rganishdi. Shu bilan birga virusli gepatitlar bilan kasallangan bemorlarga nisbatan shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda kasallikning yuqish yo‘llarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi va virusli gepatitlar bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy-amaliy seminar