O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF – 16-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida O‘zbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda «Ichki ishlar organlarining fuqarolarni ekologik huquqlarini ta’minlashda davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyamizning asosiy maqsadi – O‘zbekiston fuqarolarini ekologik huquqlarini ta’minlashda ichki ishlar organlarining boshqa davlat va nodavlat idoralari bilan hamkorligi nazariy va amaliy jihatlarini yoritib berish, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, eng asosiysi fuqarorlarimizni ekologik huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida bilimlar berish, zero fuqarolarni ekologik huquqlarini ta’minlash ichki ishlar organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifasi hisoblanadi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar  vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent xalqaro universiteti, IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada so‘z olganlar konstitutsiyada fuqarolarning ekologik huquqlari, ularni ichki ishlar organlari tomonidan ta’minlanishi, shuningdek ekologik huquqlarini ta’minlashda ichki ishlar organlarining boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/5TS_wwW3ggc?si=ug81d2re3hfDHpJk" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi (+video)