Biz dunyo taraqqiyotini rivojlantirgan insonlar haqida qayerdan bilamiz? Albatta, ular qoldirgan bebaho kitoblardan. Kitob, u ilmiymi, badiiy asar holidami, hamisha insoniyatga yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq bo‘lgan. Unga barcha zamonlarda intilganlar, shuning uchun xos kutubxonalar tashkil qilingan.

Farg‘ona shahridagi Axborot-kutubxona markaziga aslida 1899 yilda asos solingan edi. U o‘sha davrning ilk muzeyida kitob bo‘limi sifatida ochilib, zaxirasi 853 jild nashrdan iborat bo‘lgan. Chin ma’nodagi kutubxona 1970 yilda qurib bitkazildi. Falaqiyot ilmining sultoni Ahmad al-Farg‘oniy nomi berildi unga. Shundan buyon u xalqning eng sevimli maskaniga aylanib, ilm istovchilarga xizmat qilib kelmoqda.

Kutubxona tarixiga 2024 yilda zarhal harflar ila yangi sahifa bitildi. U mutlaqo yangicha ko‘rinishda qayta qurildi.

– Kutubxonamizda 350 mingdan ortiq axborot-resurs fondi mavjud. Bir vaqtning o‘zida 300 dan ortiq o‘quvchiga xizmat ko‘rsata olamiz, – deydi Farg‘ona viloyati Axborot- kutubxona markazi direktori Husniya Shermatova.– 80 kishiga mo‘ljallangan bitta zalimiz esa shanba, yakshanbada ham, ya’ni dam olish kunisiz soat 21-00. gacha xizmat ko‘rsatadi. 

Yangi yil arafasida quruvchilar so‘nggi pardozlash ishlarini yakunladi. Bu yerda 3 ta katta o‘quv zali bor. Barcha xizmatlar kompyuterlashgan. Endi u oddiy kutubxona emas. Ilmiy- tadqiqot bo‘limi, bolalar va o‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ham mavjud. Eng nodir kitoblar esa alohida talablar asosida saqlanadi. Ularni mutolaa qilish uchun qulayliklar yaratilgan. Bu haqida markaz direktori shunday deydi:

– Ushbu bo‘limda 2419 dan ortiq adabiyot mavjud bo‘lib, islom, yurtimiz, dunyo tarixiga oid kitoblar, gazetalar, jurnallar va xaritalar joy olgan. Shuningdek, ushbu bo‘limda general Skoblev kutubxonasidan qolgan nodir nashrlar ham saqlanadi.

Kutubxona zamon bilan hamnafas. Unda xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlarni o‘qish uchun alohida 60 o‘rinli zal qilindi.

– Mazkur bo‘lim turli xorijiy mamlakatlarning tarixi, ularning madaniyati aks ettirilgan manbalar bilan to‘liq ta’minlangan, – deya hikoya qiladi bosh kutubxonachi.–Masalan, mana shu kitob Amerika tarixiga oid lug‘atlar to‘plami. Foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p so‘raladigan nodir kitoblarimizdan biri. Bu zalda 40 dan ortiq mamlakatning tarixiga oid kitoblar saqlanadi.

Axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun chet tilida muloqot qilishga ixtisoslashgan zallar mavjud. Unda nazariy bilim asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

– Bizda 7 dan ortiq klubimiz mavjud. Bu klubimiz ingliz, nemis, fransuz tillarini o‘rganuvchilar uchun xaftaning seshanba kuni ish olib boradi, – deydi Husniyaxon.

Ilgarilari farzandli yosh tadqiqotchilar uchun bu yerda sharoit yetarli emasdi. Endi qayta qurilgan kutubxonada bu masala ham hisobga olingan.

– “Ona va bola” xonasini tashkil qildik. Ota- onalar farzandlari bilan kelib kitob qidirganlarida yoki ilmiy ish yuzasidan izlanayotganlarida farzandlari xalaqit qilmasligi uchun buni tashkil qildik. Bolalar xonasida ularni kitobxonlikka qiziqtirish uchun maxsus dasturlar asosida mashg‘ulot o‘tkazib turamiz, – deydi Husniya Shermatova. 

Kutubxonada yana nodir fotosuratlar bo‘limi bor bo‘lib, viloyat tarixiga oid plyonka va chop etilgan suratlar bilan ham tanishish mumkin. Bundan tashqari, Hazrati kitob muzeyi tashkil etilgan. O‘quvchi bu yerda yurtimiz, jumladan, Farg‘ona viloyatida nashriyot-matbaa tarixi bilan ham tanisha oladi.

Farg‘ona viloyati Axborot-kutubxona markazi xalqimizga hali uzoq yillar xizmat qiluvchi ilm, ma’rifat uyiga aylandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5zz_dLvuDd0" title="Ilm va ma’rifat uyi yangi qiyofa kasb etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilm va ma’rifat uyi yangi qiyofa kasb etdi (+video)