Ilm, tafakkur va ijod yoşlarni yangi marralar sari ruhlantirmoqda
Bugungi şiddatli globallaşuv davrida mamlakat taraqqiyotini belgilaydigan eng muhim omillardan biri — bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatli va ijodiy salohiyatga ega avlodni tarbiyalaşdir. Zero, ilmga tayangan jamiyatgina zamon bilan hamnafas bölib, kelajak sari dadil qadam taşlay oladi. Şu maʼnoda, Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda ilm-fan, maʼrifat, kitobxonlik va yoşlar tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor xalqning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, Yangi Özbekistonning mustahkam poydevorini yaratişga xizmat qilmoqda.
Ayni maqsadlarga uyğun tarzda Buxoro viloyatida “Özbekiston — öz-özimizniki!” şiori ostida “Maʼrifat haftaligi” keng qamrovli tadbirlar, maʼrifiy muloqotlar va ijodiy uçraşuvlar bilan davom etmoqda.
Haftalik doirasida Buxoro texnika universitetida “Ilm — kelajak kaliti” loyihasi asosida taşkil etilgan uçraşuvda ilm-fanning inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi örni, zamonaviy bilimlarni egallaş, izlaniş va yangilik yaratişning ahamiyati atrofliça muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, bugungi raqobatdoş dunyoda mamlakatning iqtisodiy qudrati, xalqaro maydondagi nufuzi va taraqqiyot istiqboli, avvalo, inson kapitali, ilmli va taşabbuskor yoşlar salohiyati bilan belgilanadi. Şu bois yoşlarning bilim olişi, kasbiy mahoratini oşirişi, zamonaviy texnologiyalarni çuqur özlaştirişi uçun imkoniyat yaratiş strategik ahamiyat kasb etadi.
Uçraşuvda maʼruzaçilar yoşlarni ilm yölida sobitqadam bölişga, öz ustida muntazam işlaşga, egallagan bilimlarini Vatan ravnaqiga yönaltirişga çaqirdilar. Talabalar bilan keçgan samimiy muloqot, savol-javoblar esa uçraşuvning mazmun-mohiyatini yanada boyitdi.

Darhaqiqat, ilmli avlodni tarbiyalaş faqat taʼlim muassasalarining vazifasi emas. Bu jarayon oila, mahalla va jamiyatning muştarak masʼuliyatini talab etadi. Zero, maʼrifatli yoşning şakllanişida kitobxonlik madaniyati, oiladagi soğlom maʼnaviy muhit va kattalarning şaxsiy namunasi muhim örin tutadi.
Şu jihatdan olib qarananda, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Sanjar Sobirjonovning “Maʼrifatli bolani maʼrifatli ona tarbiyalaydi” mavzusidagi mulohazalari ham eʼtiborga molik böldi.
U öz çiqişida farzand tarbiyasida onaning örni, oilada kitobxonlik muhitini şakllantiriş va yoşlarda mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş masalalariga töxtaldi. Kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitişi, voqea-hodisalarga mustaqil baho beriş va tahlil qiliş könikmasini şakllantirişini alohida taʼkidladi.
— Dunyoni kitob öqiganlar boşqaradi. Çunki bugungi raqobat davrida asosiy kuç bilim, tafakkur, intellektual salohiyat va yangilik yaratiş qobiliyatidadir, — dedi Sanjar Sobirjonov.
Professorning fikriça, farzandlarga kitob sovğa qilişning özi kifoya emas, eng muhimi, ota-onalarning özi mutolaa qilib, şaxsiy namuna körsatişidir. Zero, kitobxon oilada tafakkurli avlod, tafakkurli avlod bor joyda esa taraqqiyot va yuksaliş böladi.
Haftalikning yana bir muhim yönalişi yoşlarni axborot xurujlari va zararli ğoyalardan himoya qiliş, ularda soğlom dunyoqaraş hamda maʼnaviy immunitetni şakllantirişga qaratildi.

Xususan, Buxoro davlat pedagogika institutida “Uyğoq idrok” loyihasi doirasida talabalar va professor-öqituvçilar iştirokida ötkazilgan maʼrifiy uçraşuvda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asraş, jamiyatda bağrikenglik muhitini mustahkamlaş, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Bugun axborot oqimi nihoyatda tezlaşgan bir şaroitda har qanday maʼlumotni haqiqat sifatida qabul qilmaslik, uni tahlil qiliş, manbasini tekşiriş va töğri xulosa çiqariş muhim hayotiy könikmaga aylanmoqda. Şu bois yoşlarda axborot madaniyatini şakllantiriş, ularni turli yot ğoyalar va mafkuraviy taʼsirlardan asraş nafaqat maʼnaviy-maʼrifiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega vazifadir.
Uçraşuv davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzu yuzasidan fikr almaşdilar. Maʼrifat haftaligi yoşlarning ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni milliy sanʼat va madaniyat anʼanalariga yaqinlaştirişga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.
Jumladan, Buxoro tumani Musiqa va sanʼat maktabida “Isteʼdodlar davrasi” mahorat darsi taşkil etildi. Unda iqtidorli yoşlar, xonandalar, sozandalar va ijodkorlar taniqli sanʼat namoyandalari bilan uçraşib, öz mahoratini oşiriş, tajriba almaşiş imkoniga ega böldilar.
Maʼrifiy tadbirda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari, Özbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi dotsenti Javdat Pölatov, Özbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Şuhrat Vohidov hamda “Ovoz” loyihasi iştirokçisi, estrada xonandasi Sardor Şavkatov qatnaşdi.

Taniqli sanʼatkorlar yoş ijodkorlar bilan özlarining ijodiy izlanişlari, sahna tajribasi va hayot saboqlarini örtoqlaşib, isteʼdodni rivojlantirişda mehnat, izlaniş, intizom va milliy qadriyatlarga sadoqatning ahamiyati haqida söz yuritdilar.
Bunday uçraşuvlarning ahamiyati şundaki, yoşlar özlari havas qiladigan sanʼat namoyandalari bilan bevosita muloqot qiliş, ularning tajribasidan saboq oliş va öz imkoniyatlarini yanada kengroq namoyon etiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Umuman olganda, Buxoroda ötayotgan “Maʼrifat haftaligi” doirasidagi tadbirlar mazmun-mohiyati jihatidan bir-birini töldirib, yagona maqsad — bilimli, maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan va yuksak salohiyatli avlodni tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri