Buxoroda birinchi marotaba murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Buxoroda Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qon-tomir xirurgiyasi bo‘limi mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Oybek Toirov ishtirokida birinchi marotaba “Takayasu sindromi” (Arteriya qon tomirlari devorining yallig‘lanishi) hisobiga o‘mrov osti arteriyasi torayishlarida navbatdagi rekonstruktiv jarrohlik operatsiyasi (uyqu arteriyasi va qo‘ltiq arteriyasi o‘rtasida autovenoz shuntlash) amalga oshirildi. Mazkur jarrohlik amaliyoti Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida o‘tkazildi.

Malakali mutaxassis tomonidan filialning qon-tomir jarrohlari bilan mahorat darslari ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, filialda davolanayotgan bemorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Ushbu mahorat darslari orqali filial mutaxassislari qon-tomirlarda bajariladigan murakkab operatsiyalarni jahon tibbiyot standartlari darajasiga amalga oshirilishi bo‘yicha malaka va bilimga ega bo‘ldi.
Mazkur tajribalarni yo‘lga qo‘yish bilan aholini, ayniqsa, ijtimoiy yordamga muhtoj autoimmun kasallikka chalingan bemorlarning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi yo‘lga qo‘yildi. Bu kabi tajribalarni RSHTYOIM Buxoro filialida amalga oshirish yanada takomillashtiriladi.

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilk jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi